Jahon banki prezidenti Jim Yong Kim Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni Mustaqillik bayrami munosabati bilan qutlov maktubi yoʻlladi.
“Men Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan oʻzgarishlarning surʼati, miqyosi va koʻlamidan hanuz chuqur hayratdaman. Sizga Oʻzbekiston inson kapitalini rivojlantirish boʻyicha loyihamizning dastlabki bosqichlarida ishtirok etayotgani uchun ham samimiy minnatdorlik bildiraman. Siz ham mazkur yoʻnalishdagi yetakchi davlat rahbari sifatida bizning bu boradagi saʼy-harakatlarimizga shaxsan qoʻshilasiz, deb umid qilaman” deyiladi maktubda.
Shuningdek, Jim Yong Kim umumiy qiymati qariyb 1 milliard dollarlik 8 ta qoʻshimcha loyiha tayyorlanayotganini yozgan. Bu loyihalar iqtisodiyotni rivojlantirish boʻyicha yangi loyihalarni hamda qishloq joylarda aholining hayot darajasi va sifatini oshirishga qaratilgan “Obod qishloq” dasturini qoʻllab-quvvatlashni ham oʻz ichiga oladi.
Bungacha AQSH Prezidenti Donald Tramp va XXR Raisi Si Szinpin nomidan qutlovlar kelgani haqida xabar bergandik. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
"Liverpul" futbolchisi jamoadoshining xotini bilan “don olishib yurgani" ma’lum bo‘ldi
“Zenit” futbolchisi Fayzullayev haqida nimalar dedi?
Xokkey bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi "U-18 Osiyo-Okeaniya chempionati" g‘olibi bo‘ldi
AQSHda Zelenskiy ukrainaliklardan nimani yashirayotgani oshkor etildi
May oyida kutilayotgan ob-havo ma’lumoti taqdim etildi
AQSH marixuanani kuchli giyohvand moddalar ro‘yxatidan chiqaradi