18:24 / 04.10.2018
5 678

OAV: dollarning gegemoniyasi tugamoqda

OAV: dollarning gegemoniyasi tugamoqda
Dunyo bozorlarida dollarning gegemoniyasiga zarar yetdi, jahon yetakchilari esa uning hukmron pozitsiyasini tan olishdan bosh tortishni boshladilar. Bu haqda Bloomberg agentligiga asoslanib “Kun” nashri yozmoqda.

Taʼkidlanishicha, AQSH hozircha bozorlarda dunyo miqyosida yetakchilik qilmoqda, sababi dollar hozircha talabga ega, ammo dollarga boʻlgan talabni qanday saqlab qolish borasida savol mavjud. Material muallifining aytishicha, bunday usullar orasida diplomatik aloqalarni saqlab qolish, AQSH savdo hamkorlari uchun dollar qulayligini saqlash va valyutadan boshqa davlatlar uchun “tayoq” sifatida foydalanishdan bosh tortish bor.

Shu bilan birga, agentlikning taʼkidlashicha, dunyoda dollardan asta-sekin voz kechish boshlangan. Xususan, Rossiya AQSH valyutasidagi oʻz aktivlarini kamaytirmoqda, Xitoy esa energetika bozorida yuanlarda shartnomalar tuzishga kirishdi. Fransiya moliya vaziri Bruno Le Mer YEIni AQSHga qaram sifatida koʻrishni xohlamasligi, Qoʻshma Shtatlardan “toʻliq mustaqil” moliyaviy vositalarga ega boʻlishni istashi haqida maʼlum qilgandi.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq AQSH iqtisodiyoti 2020 yilda turgʻunlikka tushishi mumkin ekani xabar qilingandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » OAV: dollarning gegemoniyasi tugamoqda