3 128
Dushanba kuni Markaziy bankda dollarning rasmiy kursi 8237 so‘mga yetishi kutilmoqda
O‘zbekistonda AQSh dollari qimmatlashishi qariyb uch oydan beri davom etmoqda. Kelayotgan dushanba kuni dollarning rasmiy kursi yana 11 so‘mga oshib, 8237 so‘mni tashkil qilishi mumkin. Bu valyuta bo‘yicha haftalik savdolar orqali tasdiqlanadi.
Dollar kursi oshishining asosiy sabablaridan biri – O‘zbekistonning eng asosiy savdo hamkorlari bo‘lgan mamlakatlar milliy valyutasining qadrsizlanishidir. Jumladan, O‘zbekiston bilan tovar aylanmasi bo‘yicha to‘rtinchi o‘rinda turadigan Turkiya lirasi dollarga nisbatan o‘tgan 9 oyda 57 foiz qadrsizlangan. Rossiya rubli esa 9 oyda 14 foiz arzonlashgan. Xitoy va Qozog‘iston milliy valyutalari kurslari esa dollarga nisbatan 7 va 10 foiz tushib ketgan. Bu o‘z navbatida O‘zbekiston so‘miga ham ta’sir qilmoqda.
Dollar kursi O‘zbekistonda qanday shakllanishi va unga nimalar ta’sir qilishi haqida Turon24 oldinroq ma’lumot bergan edi.
Tijorat banklari valyuta ayirboshlash shoxobchalarida hozir dollarni aholidan 8220 so‘mdan sotib olmoqda. Konversion kartaga sotish kursi esa 8300 so‘mni tashkil etadi. Keyingi haftada ushbu kurslar ham rasmiy kurs orqasidan ozgina oshishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Global Janub kimniki?