Shu yil 5 dekabrida Xalqaro Moliya Korporatsiyasining (XMK) navbatdagi, milliy valyutada ifodalangan “Samarqand” obligatsiyalari London fond birjasida (London Stock Exchange) joylashtirildi. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar qildi.
Muddati 1 yil bo‘lgan obligatsiyalarning umumiy qiymati – 123 mlrd. so‘m, foiz stavkasi esa 9,45%ni tashkil etadi.
Obligatsiyalarni joylashtirishdan olingan mablag‘lar “Ipak Yo‘li” AITB banki tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltiriladi.
Bundan oldin XMK London fond birjasida uch marta - muddati 2 yil, umumiy qiymati 240 mlrd. so‘m bo‘lgan "Samarqand" obligatsiyalarni 9,45%-9,5% stavkalari bilan joylashtirgan edi.
Olingan mablag‘lar "Hamkorbank" ATB bankining kichik biznes sub’ektlari loyihalarini moliyalashtirish imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi