4 165
O‘zbekistonda davlat g‘aznachilik majburiyatlari va obligatsiyalari muomalaga chiqariladi
O‘zbekiston Respublikasining davlat g‘aznachilik majburiyatlari va obligatsiyalarini muomalaga chiqarishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» Telegram-kanalida xabar berildi.
Qarorga muvofiq, Moliya vazirligi tomonidan davlat g‘aznachilik majburiyatlari va obligatsiyalari muomalaga chiqariladi.
Shuningdek, qaror bilan O‘zbekiston Respublikasining davlat qimmatli qog‘ozlari chiqarilishlarining joylashtirilishi, muomalada bo‘lishi va so‘ndirilishi tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Nizomga ko‘ra, qimmatli qog‘ozlarning nominal qiymati bir million so‘mni tashkil etadi.
Qimmatli qog‘ozlarning joylashtirilishi Markaziy bank tomonidan auksion shaklida o‘tkaziladi. Auksion shartlari haqidagi ma’lumot kamida yetti kun avval e’lon qilinadi.
Qimmatli qog‘ozlar oldi-sotdi bitim tuzish orqali ikkilamchi bozorda ham muomalada bo‘ladi.
Qimmatli qog‘ozlarni so‘ndirish Markaziy bank tomonidan yetti kun avval bu haqida e’lon qilinib amalga oshiriladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi