06:53 / 28.12.2018
3 487

«O‘zbekenergo» elektr energiyasini nega Afg‘onistonga sotadi?

«O‘zbekenergo» elektr energiyasini nega Afg‘onistonga sotadi?
Bu mavzu yuzasidan saytimizda bir muddat oldin qisqa ma’lumot berib o‘tgan edik. Shundan so‘ng ham ijtimoiy tarmoqlarda bu masala bo‘yicha tortishuvlar davom etgani, yangi savollar tug‘ilgani uchun mavzuni kengroq yoritishga va savolga atroflicha javob berishga harakat qildik.

Maqola 19 dekabr kuni «Taraqqiyot» strategiyasi markazida «O‘zbekenergo» AJ rahbariyati va yetakchi mutaxassislari ishtirokida «2018 yilda iste’molchilarni uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash borasidagi faoliyat: erishilgan natijalar va istiqboldagi ustuvor vazifalar» mavzusida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida «O‘zbekenergo» AJ rahbari Ulug‘bek Mustafoyev bergan ma’lumotlar asosida tayyorlandi.

Nega elektr ta’minotidagi uzilishlar muntazam kuzatilmoqda?

Elektr ta’minotidagi uzilishlar kuzatilayotganini tan olamiz va buni bartaraf etish ustida muntazam ishlayapmiz. Lekin elektr energiyasi shunday bir mahsulotki, uni saqlab turib bo‘lmaydi. Elektrostansiyalarda ishlab chiqarilgan elektr energiyasi darhol tarmoqlar orqali iste’molchilarga yetkazilishi lozim. Diqqat qiling: elektr energiyasi yilning qaysi davrida va kunning qaysi paytlarida ko‘p uziladi?

Albatta sovuq kunlarda, ertalab va kechki paytda.

Sovuq kunlar tushishi bilan hamma isitish moslamalarini tarmoqqa ulaydi, bu moslamalar elektr energiyasini boshqa maishiy texnikalarga nisbatan bir necha karra ko‘p sarflaydi. Shuningdek, kechki payt, barcha ishdan kelganda hamma chiroqlar yoqiladi, televizorlar qo‘yiladi, ovqat pishiriladi, kir yuviladi... Kun davomida ishlatilmagan elektr energiyasi qisqa vaqt ichida ko‘p ishlatiladi. Axir u tarmoqdan bir xil miqdorda yetkazib berilmoqdaku, uni saqlab turib, ma’lum muddatdan keyin berish iloji yo‘q.

Aytaylik, ishlab chiqarish quvvatiga qarab bir oilaga kuniga 10 kilovatt limit berilgan. Uni kun davomida sarflasa yetadi. Lekin hamma bir paytda katta hajmda ishlatsa, tarmoq dosh bera olmasligi mumkin. Liniyalarning 67 foizi, transformatorlarning 57 foizi eskirgan. Shunaqa payt majburiy o‘chirishga to‘g‘ri keladi yoki avariya yuz beradi.

Shuning uchun kelgusida hisob-kitob tizimida yangiliklarni joriy qilmoqdamiz. Ulardan biri tig‘iz bo‘lmagan paytlarda ishlatilgan elektr energiyasi uchun arzonroq haq to‘lanadi».

Xorijdan import qilib, ichki bozorda sotish foyda keltirar ekan, import hajmini ko‘paytirish mumkin emasmi? Ham aholi ta’minlanadi, ham jamiyat foyda ko‘radi.

«Albatta, aholi uchun farqi yo‘q, import qilingan elektr energiyasi uchun ham, o‘zimizda ishlab chiqarilgani uchun ham aniq belgilangan bir xil haq to‘laydi. Biz ham xorij elektr energiyasini bozor tamoyillari asosida, iqtisodiy jihatdan o‘zini oqlasagina import qilamiz. Lekin yuqorida aytganimday bizning tizimda elektr energiyasini saqlab turib bo‘lmaydi. Aynan bizga zarur bo‘lgan qish oylarida importyorlarning o‘zida ham elektr energiyasiga bo‘lgan talab oshadi.

Mana, masalan joriy yilda Tojikistondan olinuvchi import hajmini kamaytirishga majbur bo‘ldik, chunki suv omborlarida yetarli miqdorda suv yig‘ilmagani uchun gidroelektrostansiyalar bor quvvat bilan ishlay olmadi. Bu bizga ham ta’sir qilmay qolmadi albatta. Ammo boshqa eksportyorlar bilan hamkorlikni kuchaytiryapmiz».

Nega «O‘zbekenergo» o‘zimizda tanqis bo‘lgan elektr energiyasini Afg‘onistonga sotadi?

«Afg‘onistonga qilayotgan eksportimiz yuzasidan ko‘p tanqidlar eshitamiz. Lekin bir narsani to‘g‘ri tushunishimiz kerak – biz Afg‘onistonga o‘zimizda ishlab chiqarilgan, birinchi navbatda o‘z iste’molchilarimiz uchun mo‘ljallangan elektr energiyasini eksport qilmayapmiz. Bizda import hajmi eksport hajmidan ancha ko‘p, ya’ni o‘zimiz xarid qilayotgan elektr energiyasining bir qismini foydali asoslarda Afg‘onistonga yetkazib berayapmiz. Bu hamkorlik kelishuvlarga asoslangan va jamiyatimiz buni bajaryapti».

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » «O‘zbekenergo» elektr energiyasini nega Afg‘onistonga sotadi?