
Moliya vazirligi telegram-kanalida O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan, realizatsiyasi bo‘yicha aylanmasi qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod etiladigan oziq ovqat mahsulotlari ro‘yxati e’lon qilindi.
QQSdan ozod etish bo‘yicha imtiyoz O‘zbekistonda ishlab chiqariladigan oziq-ovqat mahsulotlarini ulgurji va chakana realizatsiya qilishda qo‘llaniladi.
Ro‘yxatga quyidagi tovarlar kiritildi:
- go‘sht (mol, qo‘y, tovuq go‘shti), shuningdek tirik hayvonlar (chorva mollari, parrandalar) va ularni so‘yib olingan mahsulotlar;
- baliq;
- kartoshka;
- piyoz;
- tuxum;
- guruch (barcha navlari);
- shakar;
- non-bulka mahsulotlari (ishlab chiqarish va realizatsiya qilishda).
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar