
2019 yil 1 yanvardan boshlab benzin, dizel yoqilgʻisi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq bekor qilinib, benzin, dizel yoqilgʻisi va gazni yakuniy isteʼmolchiga realizatsiya qilish chogʻida toʻlanadigan aksiz soligʻi joriy qilindi. Bu haqda Moliya vazirligi xabar bermoqda.
Shu bilan birga, Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 204-moddasiga kiritilgan oʻzgartirishlarga muvofiq, benzin, dizel yoqilgʻisi va gaz realizatsiya qilinganda soliq solinadigan baza ularni realizatsiya qilish qiymati asosida, unga qoʻshilgan qiymat soligʻi hamda benzin, dizel yoqilgʻisi va gazni yakuniy isteʼmolchiga realizatsiya qilish chogʻida toʻlanadigan aksiz soligʻi kiritilmagan holda aniqlanadi.
Shunday qilib, benzin, dizel yoqilgʻisi va gazni yakuniy isteʼmolchiga realizatsiya qilish chogʻida toʻlanadigan aksiz soligʻi summasiga qoʻshilgan qiymat soligʻi hisoblanmaydi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar