15:20 / 08.01.2019
3 700

O‘zbekiston 2019 yilda narxlar barqarorligini ta’minlash niyatida

O‘zbekiston 2019 yilda narxlar barqarorligini ta’minlash niyatida
2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi loyihasi e’lon qilindi.

Hujjat loyihasiga ko‘ra, 2019 yilda Markaziy bank, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat raqobat qo‘mitasi, Bosh prokuratura, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari iste’mol mahsulotlari narxining barqarorligini ta’minlashni rejalashtirmoqda.

Bu borada tegishli chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqiladi. Dasturda iste’mol mahsulotlari narxining barqarorligini ta’minlash, xususan qo‘shilgan qiymat solig‘i keng joriy qilinishi bilan iste’mol tovarlarining narxi o‘sishining oldini olish choralari nazarda tutiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » O‘zbekiston 2019 yilda narxlar barqarorligini ta’minlash niyatida