O‘zbekiston iqtisodiyoti qayta tashkil etilayotgan bir paytda, Jahon banki (WB) va Xalqaro moliya korporatsiyasi mutaxassislari mamlakatda xususiy biznes to‘g‘risida ajoyib hisobotni e’lon qildi.
«2017 yildan buyon O‘zbekiston bozor mexanizmlariga yo‘naltirilgan keng ko‘lamli islohotlarni davom ettirmoqda va ularni kuzatayotganlarni o‘zining shiddati bilan lol qoldiryapti», — deyiladi hisobot kirish so‘zida.
Xalqaro tashkilot mutaxassislari tayyorlagan hisobotda aytilishicha, O‘zbekistondagi islohotlar oxirgi ikki 10 yillikda amalda bo‘lgan «importni o‘rnini bosuvchi» kabi milliy strategiyadan so‘ng, yuzaga chiqmoqda.
«Mustaqillikka erishgan O‘zbekistonning makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari nisbatan barqaror va aholi turmush darajasini ko‘tarishga imkon berib, o‘rtachadan quyi daromadli mamlakatlar qatoriga qo‘shilishi mumkin edi. Rivojlanish va boy tabiiy zaxiralar mavjudligiga qaramay, O‘zbekistonning eksporti hayratni uyg‘otardi. Masalan, 2010 yilda eksport ko‘rsatkichi 12 mlrd. AQSh dollariga teng bo‘ldi.
Savdo balansidagi taqchillik o‘sib bordi, faqat xorijdan kelayotgan valyuta tushumi evaziga balans barqarorligi ta’minlandi. Ayni damda O‘zbekiston hukumati ishlab chiqqan yangi strategiya esa tovar hamda xizmatlar eksportini oshirish, aholining turmush darajasini yuksaltirishga sharoit yaratadi», — deyiladi unda.
Ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston tashqi va davlat qarzi past ko‘rsatkichda, mamlakatda tez o‘sib borayotgan yosh ishchi kuchi ham mavjud.
«Aholi o‘sib borish sur’ati bir yilda 1,7 foizni tashkil etadi. Mehnatga layoqatli ishchilar soni 2000 yildan buyon 50 foizga oshdi, ya’ni ular 14 milliondan 22 million kishiga yetdi. Bu O‘zbekistonga bir qancha istiqbolda ustunliklar beradi, shunga qaramay, yoshlarning ishsizligi va norasmiy ishga yollanish holatlari ijtimoiy xatar bosimini kuchaytiradi. Rasmiy sektorda yoqilg‘i va moliyaviy ko‘mak talab etadigan davlat ulushi yuqori», — deyiladi hisobotda.
Hisobotda xususiy sektorga tashxis qo‘yilgan bo‘lib, O‘zbekiston rivojlanishining umumiy manzarasi, sektorlar bo‘yicha chuqur tahlil hamda hukukmat uchun WB va IFC tomonidan ko‘rsatiladigan amaliyotlar yo‘nalishi haqida ma’lumotlar berilgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Ar-Riyodda forum: AQSH-Xitoy tirashuvi va Yaqin Sharq inqirozi diqqat markazida
Fransiyalik taniqli aktyor Jerar Deparde jinsiy tajovuzda ayblab, hibsga olindi
Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi
O‘zbekistonlik jangchi UFC reytingida top-darajaga ko‘tarilganidan keyin nimalar dedi?
Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi
Sharmandaga shahar keng
AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi