
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki 12 martdan xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.
Unga koʻra 1 AQSH dollari oʻtgan haftadagi kursga nisbatan 18,86 soʻmga arzonlashgan va 1 dollar 8374,10 soʻmni tashkil etgan.
1 yevro kursi 135,34 soʻmga pasayib, 9410,81 soʻmga tushgan.
1 rubl esa 1,24 soʻmga arzonlashib, 126,18 soʻmga teng boʻlib turibdi.
Qayd etish kerakki, Oʻzbekistonda dollar kursi ketma-ket ikkinchi hafta pasaymoqda. Oʻtgan hamdada ham dollarning rasmiy kursi 10,23 soʻmga arzonlashgandi.
Valyuta qiymatini belgilash chogʻida Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar