O‘tgan haftada “O‘zRTXB” AJda oltin quymasi sotuvi bo‘yicha birja savdolari o‘tkazildi. Birjada birinchi oltin sotuvchisi “Olmaliq KMK” AJ bo‘ldi.
"O‘zRTXB" AJ matbuot xizmati xabariga ko‘ra, savdo yakuniga ko‘ra 600 gr Au-1 markali oltin sotilgan bo‘lib, uning qiymati 209,06 mln so‘mga teng bo‘lgan. Birja kotirovkasi deyarli boshlang‘ich bahoda saqlangan – 1 gr oltin 348,4 ming so‘mni tashkil qilgan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 1 martdagi №186-sonli “O‘zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJ birja savdolarida qimmatbaho metallarni sotish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan qimmatbaho metallar O‘zRTXB ning birja savdolari orqali sotilishni boshladi.
Qimmatbaho metallarning birja savdolari qonun hujjatlari, birja savdolari va hisob-kitob kliring xizmat ko‘rsatish tartib-qoidalari asnosida amalga oshiriladi. Birja savdolari orqali sotib olingan qimmatbaho metallarni eksportga sotish taqiqlangan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina harbiy bo‘linmalari Xarkiv viloyatidagi yangi pozitsiyalarga o‘tkazildi
D vitamini dozasini oshirib yuborishning xavfli oqibatlari
Surxondaryo viloyatida ayiq IIB xodimiga jarohat yetkazdi
Erdo‘g‘on davlat to‘ntarishi ehtimoli sababli tunda favqulodda yig‘ilish o‘tkazdi
Kolumbiya prezidenti Netanyaxuni hibsga olishga chaqirdi
Tungi klubdagi tanishuv, psixotrop moddalar va 10 ming dollarga pullanishi kerak bo‘lgan farzand
Metabolizmni tezlashtirishga yordam beradigan 8 ta mahsulot
Rossiya harbiylari Xarkovdagi taktik vaziyatni yaxshiladi