
Markaziy bank tomonidan yangi tahrirdagi «Valyutani tartibga solish to‘g‘risida» gi qonunning loyihasi ishlab chiqildi va Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga taqdim etish uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritildi. Bu haqda Markaziy bank axborot xizmatiga tayanib Kun.uz ma’lum qiladi.
Mazkur qonun loyihasi qabul qilingandan so‘ng, jismoniy shaxslarga naqd chet el valyutasini sotish masalasi ko‘rib chiqilishi ham kutilmoqda.
Ta’kidlanishicha, amaldagi qonunchilik normalariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish yo‘li bilan naqd chet el valyutasini sotish hamda sotib olish tartibi barqaror yo‘lga qo‘yilishi kutilmoqda.
2018 yilning 1 aprelidan boshlab O‘zbekiston Respublikasi hududida jismoniy shaxslar tomonidan xorijiy valyutani mobil ilovalar orqali onlayn sotib olish amaliyoti hamda xalqaro to‘lov kartalariga sotib olingan xorijiy valyutani tijorat banklari tomonidan naqd shaklda yechib olish mexanizmi joriy etilgandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar