Ukrainaning «Ukrsukor» shakar ishlab chiqaruvchilar milliy assotsiatsiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston Ukrainadagi shakarning asosiy xaridori bo‘lishni to‘xtatgan. Bu haqda «Daryo» xabar beradi.
Mart oyida Ukraina 30,2 ming tonna shakar sotgan. Asosiy yetkazib berish Ozarbayjon (17%) va Tojikistonga (14%) amalga oshirilgan. O‘zbekistonga esa 13 foizni tashkil qilgan. Taqqoslash uchun: 2018 yilning mart oyida O‘zbekiston Ukrainadan 23,5 ming tonna shakar olgan. Bu mamlakatning umumiy shakar eksportining 50 foizini tashkil qilgan.
«Ukrsukor»ning hisobotiga ko‘ra, fevral oyida O‘zbekiston uchta asosiy xaridorlar ro‘yxatiga kirmagan: asosiy yetkazib berishlar Ozarbayjon (25%), Buyuk Britaniya (18%), Qirg‘iziston va Isroilga (13%) amalga oshirilgan.
Avvalroq, shakar importi bir necha barobar kamayganligi xabar qilingan edi. Yanvar fevral oylarida O‘zbekiston chet eldan 18,3 million dollarlik shakar sotib olgan, bu 2018 yilning yanvar fevral oyi bilan taqqoslaganda deyarli 81 foizga kamdir.
2017 yilda mahalliy shakar zavodlari to‘xtagandan keyin xorijiy shakar O‘zbekistonga faol ravishda yetkazib berila boshlangan va shakar importi uchun nol daraja o‘rnatilgan.
Biroq, 2018 yil oxirida shakar importi uchun imtiyozlar qisqartirilgan. Agar ilgari barcha import shakari bojxona to‘lovlaridan ozod qilingan bo‘lsa, hozirgi vaqtda faqat aromatik yoki rangli qo‘shimchalarsiz xom shakar ozod qilingan.
O‘zbekistonda shakar ishlab chiqaruvchilar uchun esa aksincha, 2020 yilgacha QQSdan ozod qilingan (dastlab 2019 yilgacha edi). Shu bilan birga mahalliy korxonalar qayta tiklangan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechadigan final uchrashuvi oldidan nimalar dedi?
Osiyo kubogi final uchrashuvi: Bugun “oq bo‘rilar” yapon “samuraylari”ga qarshi maydonga tushadi
Shavkat Mirziyoyev: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti
Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi
Taniqli aktyor va rejissyor Mashrab Kimsanov 69 yoshida vafot etdi
Germaniyada Gebbelsning villasi istalgan odamga berib yuborilishi e’lon qilindi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi