Foto: Xushnud Xudoyberdiyev kanali
Kecha bloger @kurbanoffnet o‘z kanalida «O‘zbekiston havo yo‘llari» tomonidan ichki reyslar uchun bilet narxlari oshirilganini tasodifan bilib qolgani, masalan, 4 may kuni Toshkent-Urganch reysi bo‘ylab Y klassda 461 ming so‘m evaziga parvoz qilgan bo‘lsa, endilikda xuddi shu klass uchun bilet narxi 887 ming so‘m etib belgilangani haqida yozdi. Bu degani O‘HY ayrim klasslar uchun bilet narxlarini salkam 2 barobarga oshirgan!
Blogerning aytishicha, eng yomoni bu haqida monopol kompaniya hech qanday xabar bermagan. Na o‘zining rasmiy saytida, na boshqa OAVlarda. Albatta-da, nima uchun ular xabar berishi kerak? Axir o‘zi xon, ko‘lankasi maydon bo‘lsa. Istagan payti, istagan narxini qo‘ya olsa. Axir qiziqqon-da u! Monopol-da u!
Iste’molchilar huquqi, deysizmi? A, nima? Nima u? Yeydigan narsami? Monopol tashkilotlarni iste’molchilar mutlaqo qiziqtirmaydi. Bunga juda ko‘p misollar keltirish mumkin. «Yoqsa shu, yoqmasa katta ko‘cha» prinsipida ishlashadi.
Vaholanki, «Tabiiy monopoliyalar to‘g‘risida»gi Qonunining 7-moddasida vakolatli organning narxlar (tariflar) bo‘yicha qarori tabiiy monopoliya sub’ektlari tomonidan ular kuchga kirishidan kamida o‘n besh kun avval ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi, deya belgilangan.
O‘HY esa bu haqida narxlar oshirib bo‘lingandan keyin, bugun Gazeta.uz sayti orqali xabar bermoqda. Agar bloger Kurbanoff bu haqida yozmaganida balki hech qachon xabar berishmagan ham bo‘larmidi, kim bilsin. O‘raga sichqon tushdi, guldur-gup degan naqlni juda yaxshi ko‘rishadida bu monopollarimiz.
Kompaniya nima uchun qonunlarga va xalqqa (iste’molchilarga) bu darajada hurmatsizlik qilganligi haqida biror rasmiy tushuntirish (uzr so‘rash demayman, mayli) berarmikin?
Aytgancha, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasidan esa «Suvsoz» bilan bog‘liq voqeadagiga o‘xshagan tezkor munosabat kutib qolamiz.
Manba: Xabar.uz “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi