2019 yilning may oyida tovarlar va xizmatlarning iste’mol narxlari o‘rtacha 0,7%ga ko‘tarildi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar bermoqda.
Umumiy hisobda 2019 yilning yanvar-may oylari davomida iste’mol bozoridagi tovarlar va xizmatlar narxlari 6,0%ga qimmatlashdi. 2018 yilning may oyiga nisbatan respublika iste’mol sektoridagi o‘rtacha narxlar darajasi 13,7%ga oshdi.
Oylik narxlar tebranishi tahliliga ko‘ra, umumiy hisobda 2019 yilning yanvar-may oylarida iste’mol narxlari ko‘tarilish 6,0%ni tashkil etib, ularning o‘sish sur’atlarida nisbatan sekinlashuv qayd etilgan.
Joriy yilning birinchi choragida narxlarning oylik o‘sish sur’ati bir foizlik ko‘rsatkichdan 0,2-0,6 darajada yuqoriroq oshgan bo‘lsa (yanvarda 1,5 %, fevralda 1,6 %, mart oyida 1,2 %), aprel va may oylarida ushbu ko‘rsatkichdan pastroqni tashkil etgan (aprelda 0,9 %, may oyida 0,7 %).
2018 yil va 2019 yilning yanvar-may oylari uchun umumiy iste’mol narxlari indeksi dinamikasining yillik ko‘rinishi (o‘tgan yilning mos oyiga nisbatan) umumiy tendensiyaning bosqichma-bosqich pasayishi bilan tavsiflanadi.
Shunday qilib, eng yuqori ko‘rsatkich 2018 yilning yanvar oyida qayd etilgan bo‘lsa, keyinchalik 2019 yilning may oyida 13,7 % darajagacha pasaygan. Iste’mol narxlari indeksi ko‘rsatkichining minimal darajaga yetganligi 2019 yilning yanvarida kuzatilib (13,0 %), yillik iste’mol narxlari indeksi asta-sekin ko‘tarila boshladi.
2019 yilning may oyi natijalariga ko‘ra yirik guruhlar bo‘yicha narx o‘zgarishlari tovarlarda 0,6 %, jumladan, oziq-ovqat mahsulotlari 0,5 %, nooziq-ovqat mahsulotlari 0,7 %, xizmatlar esa 1,5 %ga qimmatlashdi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda
Diniy qo‘mita: Turli vizalar bilan Haj amallarini bajarishning imkoni yo‘q
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Liga 1. PSJ muddatidan oldin chempionlikni hal qildi
Harbiy xizmatdan qochgan 30 dan ortiq ukrainalik chegarani kesib o‘tishga urinib, halok bo‘ldi
O‘zbekistonga qarshi Indoneziyaning asosiy hujumchilaridan biri maydonga tusha olmaydi
O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi