Foto: Spot
Markaziy bank denominatsiya (eski banknotlarni odatda kichikroq qiymatdagi banknotlarga almashtirish) o‘tkazishi mumkin. Bu haqda 12 iyun kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida bo‘lib o‘tgan brifingda Markaziy bank raisining birinchi o‘rinbosari Ilhom Norqulov ma’lum qildi, deb yozadi Spot.
Uning so‘zlariga ko‘ra, «Markaziy bankning bunday rejalari yo‘q» deb tasdiqlash to‘g‘ri bo‘lmaydi.
«Men aniq bir sanani ayta olmayman, bu besh yoki o‘n yil ichida bo‘ladi», — dedi Ilhom Norqulov.
Norqulovning so‘zlariga ko‘ra, regulyator inflyatsiyaviy targetlashga o‘tish tugallanishi bilan regulyator denominatsiya masalasini ko‘rib chiqishga tayyor bo‘ladi.
«Bugungi kunda oldimizda davlat tashkilotlarini isloh qilish, narxlarni liberallashtirish kabi ulkan vazifalar turibdi», — deya qo‘shimcha qildi u.
Mart oyida Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmuratov regulyator denominatsiyaga ehtiyoj sezmasligini ma’lum qilgan edi.
U denominatsiya oson va tezda amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan texnik jarayon ekanligini ta’kidlab, denominatsiyani amalga oshirish rejalashtirilmayotgani, amalda bo‘lgan belgilangan qiymatlar barcha talablarga javob berishi va ulardan foydalanish qulayligini qayd etgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda
Diniy qo‘mita: Turli vizalar bilan Haj amallarini bajarishning imkoni yo‘q
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Liga 1. PSJ muddatidan oldin chempionlikni hal qildi
Harbiy xizmatdan qochgan 30 dan ortiq ukrainalik chegarani kesib o‘tishga urinib, halok bo‘ldi
O‘zbekistonga qarshi Indoneziyaning asosiy hujumchilaridan biri maydonga tusha olmaydi
O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi