Kalendar yili davomida xizmatlarni realizatsiya qilishdan olgan tushumi yuz million so‘mdan oshgan, biroq bir milliard so‘mdan ko‘p bo‘lmagan telekommunikatsiyalar operatorlari va (yoki) provayderlariga vositachilik xizmatlarini ko‘rsatuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar xizmat haqi summasidan 25 foiz stavkada yagona soliq to‘lovini to‘lashga o‘tishi mumkin. Bu haqda Davlat soliq qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Mubin Mirzayev ma’lumot berdi.
«Endi kalendar yili davomida xizmatlarni realizatsiya qilishdan oldin 100 million so‘mdan oshgan va bir milliarddan ko‘p bo‘lmagan telekommunikatsiya operatorlari va provayderlarga o‘z tashuvchilik xizmatlarini ko‘rsatuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar o‘z xizmat haqining 25 foizi miqdorida yagona soliq to‘lovini amalga oshirishlari kerak bo‘ladi», — deydi Mirzayev.
Qo‘mita rahbariyati bayonotiga ko‘ra, ayrim tadbirkorlar telekommunikatsiyalar operatorlari va (yoki) provayderlariga vositachilik xizmatlarini ko‘rsatishda realizatsiya qilishdan olingan tushumining 2,5 foizida daromad topadi. Shunga qaramay, umumbelgilangan soliq stavkasi bo‘yicha tadbirkor umumiy tushumning 4 foizida to‘lov qilishi belgilangandi.
«Tadbirkor umumiy tushumning 2,5 foizida daromad qilib, 4 foiz soliq to‘lasa, u foyda ko‘rmaydi. Shuning uchun, taklif etilayotgan tartibga muvofiq, u ko‘rsatayotgan xizmatlardan realizatsiya qilingan barcha tushumdan emas, 2,5 foiz daromadining 25 foizini soliq sifatida to‘laydi», — deya qo‘shimcha qildi u.
Ta’kidlanishicha, ushbu masalada telekommunikatsiyalar operatorlari va (yoki) provayderlariga vositachilik xizmatlarini ko‘rsatuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar, xususan «paynetchilar» qo‘mita va Moliya vazirligiga ko‘p bora murojaat qilishgandi.
O‘zbekiston Prezidentining «Soliq va bojxona imtiyozlari berilishini yanada tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoni loyihasida ushbu masalaga konstruktiv yechim taklif etilgan. Ayni paytda farmon loyihasi jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qilindi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi
Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH»
OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni
Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi
AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi
“Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi?
Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak?