4 300
Gulnora Karimova va boshqa sobiq amaldorlardan qaytarilgan pullar qayerga sarflanmoqda?
Taniqli ekspert, iqtisodchi Yuliy Yusupov o‘zining «Facebook»dagi sahifasida Gulnora Karimovaning kecha bergan bayonotiga munosabat bildirib, qaytarilgan pullar nimaga va qayerga sarflanishi bilan qiziqdi:
Gulnora Karimova O‘zbekiston xalqidan kechirim so‘radi va o‘zining O‘zbekiston hududidagi 1,2 milliard dollar shaxsiy aktivlari «o‘ziga tegishlilikdan chiqqani va respublika byudjeti farovonligi uchun xizmat qilayotgani»ni ma’lum qildi.
Boshqa ko‘plab sobiq amaldorlar ham davlat foydasiga o‘z mulkining katta qismini o‘tkazgani haqida mish-mishlar yuribdi. Bu ham millionlab, milliardlab pul degani.
Birgina Gulnora Karimovaning «hissasi»ni olgan taqdirimizda ham mamlakat byudjeti uchun bu katta summa. Shu sababli ikkita savol yuzaga keladi:
1. Davlat byudjetining daromadlar to‘g‘risidagi qaysi moddasiga ko‘ra bu kabi kirimlar amalga oshirilmoqda? Negadir shu kabi moddalar va byudjetdagi tegishli summalarni eslay olmayman.
2. Balki mana shu kirimlar QQSni 20 foizdan 12 foizga tushirishga yetar va soliq islohotidagi asosiy muammoni hal etishga yordam berar, deb yozadi ekspert. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”