
Vazirlar Mahkamasi 25 iyunda «O‘zaro hisob-kitoblar tizimida elektron shakldagi hisobvaraq-fakturalardan foydalanishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 522-son qarorni qabul qildi. Unga muvofiq, 2020 yil 1 yanvardan boshlab barcha xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar elektron hisobvaraq-fakturalarni to‘ldirishlari shart, deya xabar qildi Norma.uz.
DSQ manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda Chirchiq shahri, Navoiy va Sirdaryo viloyatlari hududida 2018 yil noyabr — 2019 yil iyun oylarida elektron hisobvaraq-fakturalarni (EHF) rasmiylashtirish bo‘yicha tajriba o‘tkazdi. Uning natijalari ma’qullanib, hukumat qarori bilan:
- 2019 yil 1 iyuldan boshlab EHFdan foydalanish ixtiyoriy, 2020 yil 1 yanvardan boshlab esa majburiy ekanligi belgilandi;
- DSQ huzuridagi «Yangi texnologiyalar» davlat unitar korxonasi elektron hujjatlarni markazlashtirilgan holda saqlash, operatorlararo uzatish va hisobini yuritish bo‘yicha vakolatli rouming operatori etib belgilandi;
- O‘zaro hisob-kitoblar tizimida elektron shakldagi hisobvaraq-fakturalardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizom (1-ilova) tasdiqlandi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 26 iyundan kuchga kirdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar