Rossiyada dollar kursi 2014 yilning dekabridan buyon ilk marta 77 rubldan oshdi

Dollar va evro Moskva birjasida Rossiya rubliga nisbatan 2014 yil dekabr oyidan buyon eng maksimal ko‘rsatkichni qayd etdi.
RIA Novosti nashriga asoslanib Kun.uz sayti ma’lumot berishicha, bugunga kelib 1 AQSh dollari 0,81 rublga o‘sib 77,01 rublni, evro esa 1,02 rublga o‘sib 83,80 rubl qiymatni tashkil qilmoqda. Bunga dunyo bozorlarida neft narxi tushib ketishi sabab bo‘lgan.
"Valyutalar kursining keskin o‘sishiga Rossiya daromadining taxminan 50 foizini tashkil qiladigan neftning narxi tushib ketishida", deyishmoqda mutaxassislar. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing