
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 23 iyuldan xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, 1 AQSh dollari o‘tgan haftadagi kursga nisbatan 40,01 so‘mga ko‘tarilgan va 1 dollar 8624,51 so‘mga yetgan.
Bu ilk bor rasmiy kurs 8600 so‘mlik nuqtadan oshishi bo‘ldi.
1 yevro kursi 2,83 so‘mga oshib, 9676,70 so‘mni tashkil etgan.
1 rubl esa 0,58 so‘mga o‘sib, 136,92 so‘mga teng bo‘lib turibdi.
Eslatib o‘tamiz, valyuta qiymatini belgilash chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar