Iqtisodiy rivojlanishga ko‘maklashuv markazi rahbari, iqtisodchi Yuliy Yusupov O‘zbekistonda AQSh dollari kursining keskin oshib ketishi sabablari borasida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.
Meni dollar kursi ko‘tarilishi sababli ijtimoiy tarmoqlarda boshlangan vahima hayron qoldirmoqda.
- Go‘yoki yangi tariximizda almashuv kursining bundan kattaroq sakrashi bo‘lmagandek. Hattoki 2017 yil sentyabrdagi devalvatsiya kabi misolni nazarda tutayotganim yo‘q. Liberalizatsiyagacha dollar qora bozorda qanchalik ko‘tarilganini yodimizdan chiqarib qo‘ydik shekilli.
- Go‘yoki 2017 yil sentyabrgacha birja kursi 10 ming so‘mlik “psixologik ko‘rsatkich”dan oshmagandek. Bizga import mahsulotlar narxini xuddi shu kursda hisoblashmagandi. Endi esa 10 ming so‘mlik ko‘rsatkich xuddi oxirzamondek tuyulmoqda. Zero bu ko‘rsatkichni bir necha yil avval qayd etganmiz.
- Go‘yoki bozor almashuv kursi boshqa davlatlarda, ayniqsa sobiq SSSRdagi qo‘shnilarimizda ko‘tarilmayotgandek. Ularda oshmoqda, bizda nima uchun oshmasligi kerak?
Milliy valyuta almashuv kursi nega tushib ketmoqda?
Asosiy sabab – ortiqcha pul massasi emissiyasi. Valyuta bozorida ham boshqa bozorlardagi singari talab va taklif qonuni amal qiladi: agarda ikkita mahsulot bir-biri bilan almashtirilayotganida bir mahsulot ikkinchisiga nisbatan ko‘proq taklif qilinsa, u holda birinchisining narxi ikkinchisiga nisbatan tushadi. Agarda so‘mning ortiqcha massasi emissiyasi tezligi boshqa valyutalar emissiyasinikiga nisbatan oshib ketsa, u holda so‘mning boshqa valyutalarga nisbatan qiymati pasayadi.
Ortiqcha pul emissiyasi nima? Iqtisodiy o‘sish sur’atidan ortiq bo‘lgan pul emissiyasining (chiqarilishi) o‘sishi. Oddiy so‘z bilan aytganda, mahsulot massasiga nisbatan pul massasining o‘sishi. Agarda ortiqcha pul emissiyasi bo‘lsa, milliy valyuta mamlakat ichida ham (bu ichki narxlarning o‘sishida ko‘rinadi, ya’ni inflyatsiyada), mamlakat tashqarisida ham (milliy valyuta almashuv kursi tushib ketishida namoyon bo‘ladi) qadrsizlanadi. Shu orqali inflyatsiya darajasi bo‘yicha valyuta bozoriga chiqadigan ortiqcha pul massasini muvozanatga solib turishi kerak bo‘lgan almashuv kursining taxminiy o‘zgarishlariga baho berish mumkin.
Nima uchun faqat “taxminiy o‘zgarishlar” haqida gapirish mumkin. Chunki almashuv kursiga ortiqcha pul massasidan tashqari, boshqa omillar: importga bo‘lgan talabning o‘zgarishi, mehnat migrantlaridan keladigan valyuta, kredit va xorijiy investitsiyalar hamda savdo sheriklarimizning valyuta kurslaridagi o‘zgarishlar ham ta’sir ko‘rsatadi. Shu bois inflyatsiya darajasi – bu almashuv kursining hozirgi va kelajakdagi o‘zgarishlarining taxminiy mo‘ljali hisoblanadi.
Bizda hozir inflyatsiya darajasi qanday? Masalan, 2018 yilda Statistika qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, 14,3 foiz bo‘lgan. Bu raqam taqribiy. Ammo u raqamlar haqida so‘zlaydi.
Keyingi yil davomida so‘m qanchalik qadrsizlandi? Bir yil avval 1 dollar rasmiy kurs bo‘yicha 7765 so‘m edi. Bugun – 8705. O‘sish qanday? Atigi 12 foiz. Bu oz. So‘m yanada ko‘proq qadrsizlanishi kerak edi! Ayniqsa, avvalgi yilda u deyarli qadrsizlanmagani hisobga olinsa. Eslatib o‘taman, 2017 yil sentyabrda (valyuta bozori liberallashtirilganidan keyin) dollar narxi 8094 so‘m edi. So‘m ikki yil ichida qanchalik qadrsizlandi? 7,5 foiz! Bu mamlakatdagi haqiqiy inflyatsiya hisobga olinadigan bo‘lsa, kulgili raqam.
Nima uchun aynan hozir almashuv kursi keskin ko‘tarilib ketdi?
Ha, chamasi, Markaziy bank ma’lum qilganidek, tashqi omillar ta’sir ko‘rsatmoqda: savdo hamkorlarimiz bo‘lgan mamlakatlar valyutalari ozgina qadrsizlandi. Ammo asosiy sabab boshqa yoqda. Markaziy bank yaqin-yaqingacha tashqi bozorda oltin sotib so‘mning haqiqiy almashuv kursini sun’iy ravishda mustahkamlab kelgandi, ya’ni ortiqcha pul emissiyasi sababli tushib ketishini to‘xtatib turgandi.
Bu esa keyingi bir yarim yil ichida import o‘sishiga asosiy sabab bo‘ldi. Qanday bog‘liqlik bor? Eksport ham, import ham almashuv kursiga qattiq bog‘langan. Agarda so‘mning haqiqiy almashuv kursi o‘ssa (ya’ni nominal devalvatsiya inflyatsiyadan ortda qolsa), u holda import nisbatan arzonlashadi va unga bo‘lgan talab oshadi. Eksport bilan esa hammasi aksincha: milliy valyutaning mustahkamlanishi esa eksportning foydasini kamaytiradi (mahsulotlarimiz tashqi bozorda qimmatlashadi). Natijada xorijiy valyuta taklifi kamayadi, unga bo‘lgan talab esa oshadi.
Markaziy bank devalvatsiyaning hozirgi sababi importga bo‘lgan talabning o‘sishi deb aytganida mutlaqo haq. Faqat bu o‘sish birinchi navbatda Markaziy bankning avvalgi siyosati natijasi ekanligini aytishmayapti. Aynan oltin-valyuta rezervlarini sotish hisobiga so‘mni mustahkamlash siyosati importning o‘sishini rag‘batlantirgan.
Hozirda Markaziy bank bu siyosatdan voz kechdi. Dollar paytdan foydalanmoqda. Ya’ni so‘m devalvatsiyasi sun’iy ravishda ushlab turilganidan so‘ng bozorda sakrash yuz bermoqda va muvozanat tiklanmoqda.
Eng asosiysi, Markaziy bankning intervensiyasi almashuv kursining keskin sakrashini silliqlashga yo‘naltirilishi lozim. Ammo amaliyotda bunday siyosat mohirona olib borilmaydigan bo‘lsa, teskari natijani ko‘rishimiz mumkin.
Xulosa qanday?
- Talab va taklif qonunini aldashga urinib bo‘lmaydi. Bozorni aldab bo‘lmaydi. Ertami-kechmi muvozanat nuqtasiga qaytishga to‘g‘ri keladi. Yig‘ilib qolgan inflyatsiyani hisobga oladigan bo‘lsak. Biz bu nuqtaga hali yetib kelmadik. Ya’ni qisqa muddatli davrda agarda Markaziy bank aralashmaydigan bo‘lsa (shunday bo‘lishiga umid qilamiz), dollar yana oshadi.
- Hozirgi devalvatsiya importning qimmatlashi, natijada esa hajmi qisqarishiga olib keladi. Boshqa tomondan, bu eksportchilar uchun manfaatli. Natijada eksport o‘sishini kutish mumkin (tabiiyki, mavsumiy o‘zgarishlarni hisobga olgan holda).
- Uzoq muddatli rejada dollar kursi ortiqcha pul emissiyasi muammosini hal qilmagunimizcha o‘sishda davom etadi. Aynan u inflyatsiya va devalvatsiyani vujudga keltiradi. Moliya tizimimizni mustahkamlashni istasak, uning mustahkam emasligi sabablarini bartaraf etishimiz lozim.
Shunday qilib, moliyaviy mustahkamligimiz, jumladan almashuv kursining mustahkamligi Hukumat va Markaziy bank hamda tashabbuslari iqtisodiyotdagi ortiqcha pul miqdoriga katta ta’sir ko‘rsatuvchi Prezidentning qo‘llarida. Rahbariyatimizning oqilona yo‘l tutishiga, moliya intizomi va bozor iqtisodiyoti qonunlariga rioya qilishiga umid qilamiz. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»