
Valyuta bozoridagi harakatlanuvchi kuch AQSh Federal Rezerv foizlarining pasayishi bo‘ladi, deb ma’lum qildi TeleTrade bosh tahlilchisi Petr Pushkarev “Rossiyskaya gazeta” nashriga.
“Deyarli butun bozor mubolag‘asiz keyingi uchrashuv (Fedrezerv - tahr.) natijasini kutmoqda. Bu shuni anglatadiki, agar Fedrezerv birjalarni pasaytirishni istamasa, federal mablag‘lar stavkasi (1,75-2,00% oralig‘ida)ni ixtiyoriy ravishda tushirishga to‘g‘ri keladi”, - dedi ekspert.
Iqtisodchi yaqin uch hafta ichida dollar zaiflashishda davom etishini ta’kidladi.
“Dollar, tarelkadagi erigan muzqaymoq singari, asta-sekin pasayib boradi”, - dedi Pushkarev.
Mutaxassis ta’kidlashicha, avgust oxirgi kunlari va sentyabr boshlarida Rossiya aholisi dollarni yuqori kurs bilan almashtirish uchun so‘nggi imkoniyatlardan biriga ega bo‘lishadi.
Shuningdek, kelgusi bir-ikki yil yevro Rossiyada barqarorlikka erishadi va 70 rubl atrofida saqlanadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar