16:18 / 09.09.2019
4 112

Qozog‘istonlik tadbirkorlar biznesini O‘zbekistonga ko‘chirmoqda

Qozog‘istonlik tadbirkorlar biznesini O‘zbekistonga ko‘chirmoqda
Foto: Pavel Lisitsыn / RIA Novosti
Qozog‘istonning un ishlab chiqarish bo‘yicha bir qancha korxonalari O‘zbekistonga ko‘chib o‘tdi. Bu haqda 7 sentyabr kuni Forbes Qozog‘iston xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, qozog‘istonlik kompaniyalar O‘zbekistondagi biznes sharoitlar Qozog‘istonga qaraganda qulayroq bo‘lgani tufayli shunday qarorga kelgan.

Qarag‘andadagi «Mutlu» un ishlab chiqarish kompaniyasi direktori Dos-Mukasan Taukebayevning Forbes Qozog‘istonga bergan intervyusida aytishicha, Qozog‘istonda un ishlab chiqaruvchilarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha samarali dasturlar yo‘qdir.

Uning so‘zlariga ko‘ra, tadbirkorlar vagonlarni uzluksiz yetkazib berish va elektr energiyasiga narxni pasaytirish haqidagi so‘rovlarga befarq munosabat tufayli o‘z bizneslarini O‘zbekistonga o‘tkazishmoqda.

- Prezident O‘zbekistondagi tegirmon kompaniyalarini besh yilga soliqdan ozod qildi. Agar bizda o‘rtacha foiz stavkasi 14 foiz bo‘lsa, 15 yil davomida O‘zbekistonda 4 foizlik stavkada kredit berishimiz mumkin. Qozog‘istonda elektr energiyasi narxi 20 tenge, O‘zbekistonda esa 10 tengega teng. Bundan tashqari, O‘zbekistonda ishchi kuchi Qozog‘istonga qaraganda ikki baravar arzon, - dedi Dos-Mukasan Taukebayev.

«Ma’lumki, 2007-2010 yillarda Qozog‘iston un eksporti bo‘yicha dunyoda yetakchi edi, shundan keyin turli sabablarga ko‘ra Turkiya yetakchilikni qo‘lga oldi. Hozir hamma narsa O‘zbekiston bizning mamlakatimizni ikkinchi pog‘onadan ham surib chiqarishiga qarab ketmoqda. Bu shu mavsumdayoq ro‘y berishi mumkin», - deya xulosa qilgan Forbes Qozog‘iston.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Qozog‘istonlik tadbirkorlar biznesini O‘zbekistonga ko‘chirmoqda