O‘zbekiston bozor ishtirokchilariga qo‘shimcha kapital jalb qilish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida birinchi marta mamlakatdagi kompaniyalarga shariat qonunlariga muvofiq obligatsiyalar (suquq) chiqarishga ruxsat bermoqchi, deya xabar qilmoqda Kun.uz nashri.
«Islomiy obligatsiyalar bo‘yicha - bu kelgusi yilning o‘rtalarigacha bo‘ladi, deb umid qilaman», - deya Kun.uz’ning tegishli savoliga javob qaytardi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi direktori Otabek Nazirov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, agentlik Islom taraqqiyot banki (ITB) missiyasining kelishini kutmoqda, uning qo‘llab-quvvatlashi bilan ushbu mahsulot O‘zbekiston bozoriga kiritiladi.
«ITB missiyasi kelasi oy keladi. Ular biz uchun mahsulot ishlab chiqadi va yuridik jihatdan mavjud bo‘lishi uchun qonunchilikka qanday o‘zgartirishlar kiritishimiz kerakligini aniqlashga yordam beradi», - deya ta’kidlab o‘tdi Nazirov.
Shu bilan birga, u suquq (islomiy obligatsiya) O‘zbekistonda juda ommabop bo‘lishini ta’kidladi.
Eslatib o‘tamiz, 2018 yilda Moliya vazirligi O‘zbekistonda islomiy bank va moliya ishi infratuzilmasini yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi prezident qarori loyihasini ishlab chiqdi, biroq u qabul qilinmadi. Hujjatda prezidentning O‘zbekiston Islom taraqqiyot banki (O‘ITB)ni tashkil etish to‘g‘risidagi qarori loyihasini ishlab chiqish ko‘zda tutilgandi.
O‘ITB standart chakana xizmatlarning keng spektrini, shu jumladan, eksport-import, uy-joy qurilishi, tijoriy ko‘chmas mulkni moliyalashtirish, lizing xizmatlari (ijara), sug‘urta (takaful), shuningdek, tuzilmaviy bo‘linmalar orqali qimmatli qog‘ozlar bozoridagi xizmatlarni (suquq) taqdim etishi rejalashtirilgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»