Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi tomonidan jismoniy shaxslarga mol-mulk va yer soliqlarini to‘lashga ko‘maklashish va ularga qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, viloyat davlat soliq xizmati organi xodimlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 272- va 287-moddalariga asosan egaligida soliq solinadigan mol-mulki va yer uchastkalari bo‘lgan jismoniy shaxslar hamda dehqon xo‘jaliklari jismoniy shaxslarning mol-mulk va yer soliqlari to‘lovchilari hisoblanishi keng tushuntirilmoqda.
Angren shahri aholisi bilan o‘tkazilgan uchrashuvda ham fuqarolarga jismoniy shaxslardan undiriladigan mol-mulk va yer solig‘ini hisoblash, undirish va ushbu soliq turlari bo‘yicha beriladigan imtiyozlar hamda joriy yildan boshlab bu borada soliq qonunchiligiga kiritilgan o‘zgartirishlar haqida ham ma’lumot berildi.
- Men Bluxon Matayeva. Angren shahar, Chotqol mahallasi, Samarqand tor ko‘cha, 12-xonadonda yashayman. Bugun Angren shahar DSI xodimlari tomonidan o‘tkazilayotgan targ‘ibot tadbirida mol-mulk va yer solig‘ini o‘z vaqtida to‘lashning afzalliklari haqida o‘zimni qiziqtirgan savollariga batafsil javob oldim. Tarqatilgan bukletlar va ko‘rgazmali materiallarda kechiktirilgan soliq summasi uchun penya hisoblanishini bilib, bugundan kechiktirmasdan soliqlarni to‘lashni maqsad qildim. O‘z vaqtini ayamasdan aholi uchun shunday targ‘ibot tadbirlarini tashkil qilgan soliq organi xodimlariga minnatdorlik bildiraman.
Ta’kidlash kerakki, ayni paytda Angren shahrida jami mahalliy soliq to‘lovchilar soni 24186 nafarni tashkil etib, ularga 8 356 mln.so‘m mahalliy soliqlar hisoblangan. Joriy yil uchun esa jami 8973,3 mln.so‘m mol-mulk va yer soliqlari hisoblandi va yil boshidan 7105,9 mln.so‘m soliq tushumlari undirildi. Undirilgan soliq tushumlari o‘tgan yilning mos davriga nisbatan (2423,7 mln.so‘m) 151,8 foizga ko‘paytirilganligi bu o‘z navbatida o‘tkazilgan targ‘ibot tadbirlarining natijasidir.
Muxtasar aytganda, fuqarolar 15 oktyabrga qadar o‘ziga tegishli mol-mulk va yer uchastkalariga 2019 yil uchun hisoblangan mol-mulk va yer solig‘ini to‘lashlari lozim. Ushbu to‘langan soliqlar mahalliy byudjetga tushib, o‘zimiz yashab turgan tuman, mahallani iqtisodiy rivojlantirishga, obodonlashtirishga, aholining ijtimoiy ehtiyojlarini qondirishga sarflanadi. Shunday ekan, fuqarolik burchimizni o‘z vaqtida ado etaylik.
Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi
Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot sho‘’basi
“Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot sho‘’basi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»