«Adolat» sotsial-demokratik partiyasi fraksiyasidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, Yormamat Xoliyarov o‘zaro savdoda dollardan voz kechishga chaqirdi.
«Xalqaro pul o‘tkazmalarida har bir davlat o‘z milliy valyutasi bilan hisob-kitob qilishiga o‘tishi xalqaro iqtisodiyotni yanada jadal rivojlantirishga turtki bo‘ladi. Shuningdek, bu yirik davlatlarning nisbatan kichik davlatlarga nisbatan ehtimoliy tahdidni yo‘qga chiqaradi.
Demak, mamlakatimiz bank siyosati qonunchiligida yangi normalar va ularning amaliyotini sinab ko‘rish ustida Markaziy bank xozirdan ish boshlashi zarur va bu o‘ta dolzarb masaladir.
Xorij valyutasi hukmronligi davri o‘zgarish payti kelmoqda. Tag‘in yana 30 yil qo‘l qovushtirib o‘tirdik, deya yer chizib yurmang. Bu inflyatsiyaga qarshi kurashda samarali uslubdir» deydi deputat o‘z murojaatida.
«Hozirda jahon savdosidagi oldi-sotdining 70 foizi dollarda amalga oshirilmoqda, lekin Amerika valyutasining pozitsiyasi kundan-kunga zaiflashmoqda. Shu boisdan dollardan bir qator mamlakatlar voz kechmoqda. Jumladan, Rossiya, Turkiya, Xitoy, Eron o‘zaro xalqaro hisob-kitoblardan Amerika valyutasini siqib chiqarmoqda va milliy valyutada muomala qilishga kelishib olishgan» deya asos keltiriladi xabarda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»