date

UMS «platina-raqamlar»ni 10 ming dollardan sotadi

© mobile.uz

Faoliyati 1 dekabr, dushanba kunidan boshlanadigan UMS mobil aloqa operatori «platina-raqamlar»ni 10 ming dollardan sotadi. Bu haqda kompaniyaning 30 noyabr kuni ishga tushgan saytida axborot berilgan.

Unga ko‘ra, XX0-00-00, XXX-00-00, XYY-YY-YY va shu kabi ko‘rinishlardagi (X, Y, Z, A, B – 0-9dan bo‘lgan raqamlardan biri, 0 – nolning o‘zi, XX, YY, ZZ – takrorlanuvchi raqamlar, ABCD – raqamlarning tartib bo‘yicha ketma-ketligi) raqamlar «platina» tasnifiga kiritilgan bo‘lib, ularni UMS’ning o‘z ofislarida 10 ming dollarga sotib olish mumkin.

XXX-00-0X, XXX-00-XX kabi ko‘rinishidagi raqamlar «super oltin» tasnifga kiritilgan va ularning bahosi 5 ming dollar etib belgilangan. «Oltin raqamlar» ming dollardan, «kumush raqamlar» 500 dollardan, «bronza raqamlar» esa 100 dollardan sotilishi belgilab qo‘yilgan.

Qayd etilishicha, «Platina», «Super oltin» tasnifidagi raqamlar haqi xalqaro to‘lov tizimlarining plastik kartalari yordamida AQSh dollarida, «Oltin», «Kumush» va «Bronza» raqamlarning puli esa Markaziy bank kursida milliy valyuta – so‘mda to‘lanadi.

Raqamlarning qanday tasniflanishi bilan UMS saytida batafsil tanishish mumkin.

Manba: Kun.uz
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Iqtisodiyot » UMS «platina-raqamlar»ni 10 ming dollardan sotadi