12:16 / 13.11.2019
3 387

Birja savdolarida benzin va oltin narxi yana pasaydi

Birja savdolarida benzin va oltin narxi yana pasaydi
2019 yil 4-10 noyabr kunlari "O‘zRTXB"da o‘tkazilgan birja savdo natijalariga ko‘ra birja bozorining turli tovar segmentlarida narxlar dinamikasi turli yo‘nalishlar bo‘yicha shakllanib bordi.

Ko‘rib chiqilayotgan davr mobaynida 3898,5 tonna AI-91 rusumli benzin birja savdolariga qo‘yildi, va shundan 2906,5 tonnasi sotildi. So‘nggi savdo haftasida AI-91 rusumli benzini bo‘yicha shakllangan birja kotirovkasi avvalgi haftaga nisbatan 0,4 foizga pasaydi va bir tonnasi uchun 6236,8 ming so‘mni tashkil etdi.

O‘tgan haftada suyultirilgan gaz ishlab chiqaruvchilari birja savdolari orqali 11,8 mlrd so‘mlik 4544,0 tonna suyultirilgan gaz sotishdi. Gazning birjada shakllangan narxi oldingi haftaga nisbatan 4,6 foizga pasayib, bir tonna uchun 2596,9 ming so‘mni tashkil etdi.

Oltinning narxi kichik pasayishni ko‘rsatmoqda, so‘nggi savdo haftasida shakllangan birja kotirovkasi 1 gr oltin uchun 453,0 ming so‘mni tashkil etdi. Haftalik savdo natijalariga ko‘ra O‘zRTXBda 271,9 mln so‘mlik 600 gr Au-1 markali oltin sotilgan. Sotuvchi sifatida “Olmaliq KMK” AJ savdoda qatnashdi.

Birjada paxta tolasi uchun yuqori darajadagi talab saqlanmoqda. O‘tgan hafta 1 nav 4 tip (oddiy klass)dagi paxta tolasi bo‘yicha narxlar 7,5 foizga o‘sib, bir tonna uchun 13,5 mln so‘mni tashkil etdi. Paxta tolasini boshqa navlarining narxlari o‘rtacha 7,3 mln so‘mdan 13,0 mln so‘mgacha bo‘ldi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Birja savdolarida benzin va oltin narxi yana pasaydi