5 374
2020-yildan bank kreditlari foizi qayta moliyalashtirish stavkasidan kam boʻlmaydi
“Inflyatsion targetlash rejimiga bosqichma-bosqich oʻtish orqali pul-kredit siyosatini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni qabul qilindi.
Farmonga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki inflyatsiya darajasini 2021-yilda 10 foizgacha pasaytirish hamda 2023-yilda 5 foiz darajadagi doimiy inflyatsion maqsadni (target) oʻrnatish yoʻli bilan 2020-yilning 1-yanvaridan boshlab pul-kredit siyosati mexanizmlarini bosqichma-bosqich inflyatsion targetlash rejimiga oʻtkazadi.
2020-yil 1-yanvardan boshlab tijorat banklari tomonidan (milliy valyutada) yangidan beriladigan barcha turdagi kreditlar, shu jumladan, davlat dasturlari doirasida ajratiladigan kreditlar boʻyicha foiz stavkalari Markaziy bankning qayta moliyalashtirish stavkasidan kam boʻlmagan darajada belgilanadi.
2021-yil 1-yanvardan, zarur hollarda, foiz xarajatlarining maʼlum bir qismini kompensatsiya qilish mexanizmlarini joriy etish orqali tijorat banklariga foiz stavkalarini mustaqil belgilash huquqini bergan holda kreditlarni imtiyozli foiz stavkalarida berish amaliyoti bekor qilinadi.
Farmon bilan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Markaziy bankining inflyatsiyani pasaytirish va narxlar barqarorligini taʼminlash boʻyicha birgalikdagi harakatlari konsepsiyasi va 2020-yilda inflyatsiyani pasaytirish va narxlar barqarorligini taʼminlash boʻyicha “Yoʻl xaritasi” tasdiqlandi.
Shuningdek, Inflyatsiya darajasini pasaytirish va narxlar barqarorligini taʼminlash borasidagi chora-tadbirlarni muvofiqlashtirish boʻyicha komissiya tashkil etilib, inflyatsiya omillari va narxlar oshishiga olib kelayotgan sabablarni bevosita joyiga chiqqan holda tahlil etish va tanqidiy baholab borish komissiyaning asosiy vazifalaridan biri etib belgilandi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»