14:23 / 26.11.2019
3 168

Markaziy bank raisi: “Qayta moliyalash stavkasi pasayadi”

Markaziy bank raisi: “Qayta moliyalash stavkasi pasayadi”
Oʻzbekistonda qayta moliyalash stavkasi pasayadi. Bu haqda Oʻzbekiston Markaziy banki raisi Mamarizo Nurmurodov maʼlum qildi, deb xabar bermoqda Kun.uz nashri.

“Soʻnggi yillarda Oʻzbekistonda qayta moliyalash stavkasi pasaymadi. U doim koʻtarilgan. Oʻylaymanki, 6 oydan soʻng qayta moliyalash stavkasi pasayadi. Bu, oʻz navbatida, kredit va depozitar siyosatga ijobiy taʼsir qiladi”, - dedi u 2020-2022-yillarga moʻljallangan pul-kredit siyosatining asosiy yoʻnalishlariga bagʻishlangan matbuot anjumanida.

Eslatib oʻtamiz, shu yil 19-oktyabrida Markaziy bank boshqaruvi qayta moliyalash stavkasini yillik 16 foiz miqdorida oʻzgarishsiz qoldirish toʻgʻrisida qaror qabul qildi. Markaziy bank qayta moliyalash stavkasi milliy valyutadagi depozitlar hamda kreditlar boʻyicha real foiz stavkalari ijobiyligi taʼminlanganda, iqtisodiyot uchun maqbul ekanligini taʼkidladi.

“Qayta moliyalash stavkasini hozirgi darajada saqlab turib, Markaziy bank bir vaqtning oʻzida makroprudensial nazorat choralarini koʻradi. Uning mohiyati moliya bozoridagi nomutanosibliklarni bartaraf etish va butun iqtisodiyotning moliyaviy barqarorligini taʼminlash uchun banklar tomonidan kredit berishga nisbatan cheklangan yondashuvdir”, - deyiladi MB maʼlumotida.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Markaziy bank raisi: “Qayta moliyalash stavkasi pasayadi”