18 yanvar kuni Toshkent shahrida Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati - O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi siyosiy kengashining majlisi o‘tkazildi.
Unda bosh vazir lavozimiga nomzod Abdulla Aripov hukumatning yaqin muddatga va uzoq istiqbolga mo‘ljallangan Harakatlar dasturini taqdim etdi.
Xususan, 2020 yilda ham makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, iqtisodiyotni, eng avvalo, uning bazaviy tarmoqlarini jadal rivojlantirish, faol investitsiya va tashqi iqtisodiy siyosatni amalga oshirish hukumat oldida turgan eng muhim vazifalardan biri hisoblanadi.
«Joriy yilda iqtisodiyotda sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 6.5 foizga, qurilish ishlari 9.3 foiz, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari 4 va xizmatlar ko‘rsatishni 5.7 foizga oshirish hisobiga yalpi ichki mahsulot 5.5 foizga o‘sishini ta’minlash choralari ko‘riladi.
Shuningdek, 2020 yilda yalpi ichki mahsulot tarkibida sanoatning ulushi 30.3 foiz, investitsiyalarning ulushi esa 34.4 foizga yetkaziladi.
Makroiqtisodiy o‘sish ko‘rsatkichlari o‘tgan yilga nisbatan past bo‘lmasligi to‘liq ta’minlanadi», dedi Aripov.
Hukumatning harakatlar dasturida shuningdek, bank-moliya tizimini isloh qilish rejalari ham o‘rin olgan. Unga ko‘ra, Jahon banki ekspertlari bilan birgalikda bank sohasini rivojlantirishning uzoq muddatli strategiyasi hamda pul-kredit siyosatini rivojlantirish, valyutani tartibga solishning barqapor mexanizmlarini joriy qilish, milliy valyuta barqarorligini ta’minlash maqsadida respublikada valyuta bozorini yanada rivojlantirish strategiyasi ishlab chiqiladi.
Abdulla Aripov yig‘ilish davomida ichki bozorni mahalliy iste’mol tovarlari bilan to‘ldirish hamda inflyatsiya darajasini yuqori bo‘lmagan sur’atda ushlab qolishga e’tibor qaratilishi haqida ham gapirdi.
Ung ko‘ra, «2021 yilda inflyatsiya darajasini 11 foiz, 2022 yilda esa 10 foizdan past bo‘lgan darajada saqlab turish choralari ko‘riladi», - dedi Abdulla Aripov. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»