07:10 / 26.01.2020
3 365

Moliya vaziri: «2020 yil inflyatsiya past bo‘lishiga va’da bera olmaymiz. Buning iloji ham yo‘q»

Moliya vaziri: «2020 yil inflyatsiya past bo‘lishiga va’da bera olmaymiz. Buning iloji ham yo‘q»
25 yanvar kuni Xalqaro press-klubning O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomasiga bag‘ishlangan navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Unda Senat raisining birinchi o‘rinbosari — Sodiq Safoyev, Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi o‘rinbosari — Akmal Saidov, Moliya vaziri — Jamshid Qo‘chqorov, Tashqi ishlar vaziri — Abdulaziz Komilov, Adliya vaziri — Ruslan Davletovlar ishtirok etishmoqda.

Sessiyada O‘zbekiston Moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov raqamli iqtisodiyot va inflyatsiya haqida o‘z fikrlarini bildirdi:
- Raqamli iqtisodiyot bugun milliy iqtisodiyotning qiyofasini o‘zgartiryapti, iqtisodni shaffof amalga oshirishga imkon yaratmoqda. Raqamli iqtisodiyot iqtisodda samaradorlikni oshiradi, mehnat unumdorligi ortadi. Biz hujjatlarni qog‘ozdan elektron tizimga olib chiqamiz.

Shuningdek, vazir YAIM va inflyatsiya haqida shunday dedi:
- Biz YAIMni ko‘paytirmasak, odamlarni hech qachon boy qila olmaymiz.
2020 yil Inflyatsiya past bo‘lishiga va’da bera olmaymiz. Buning iloji ham yo‘q. Ayniqsa, paxta va g‘allaga davlat zakazi bekor qilinsa, paxta va g‘alla egasi yarmarkalarda o‘z narxini qo‘yadi. Bu esa narx-navo o‘sishiga olib keladi.


Moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorovga “murojaatda aytilgan grantlar va qo‘shimcha xarajatlar budjetga zarar bo‘lmaydimi“, degan savol ham berildi. Qo‘chqorov moliya vaziri sifatida, bu yerda budjetga yuk bo‘ladigan ortiqcha xarajatlarni ko‘rmayapman, dedi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Moliya vaziri: «2020 yil inflyatsiya past bo‘lishiga va’da bera olmaymiz. Buning iloji ham yo‘q»