Raqamli iqtisod bu nima, jaydari qilib tushuntirib bering, degan savolga O‘zbekiston moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov quyidagicha javob berdi.
Raqamli iqtisod – bu bugungi kunda jahon iqtisodining drayveri, rivojlanish belgilaridan biri.
Raqamli iqtisod - zamonaviy milliy iqtisodlarning qiyofasini o‘zgartirib, ularning samaradorligini va shaffofligini oshirmoqda.
Oddiy misol, raqamli iqtisodda pensiya rasmiylashtirish uchun bitta pasportning o‘zi kifoya bo‘ladi. Bu haqida prezidentimiz ham o‘z murojaatnomasida aytib o‘tdi. Fuqaro tuman yoki shahar pensiya fondiga murojaat qiladi va ular arxivdan u qayerda ishlagan, qancha oyliy olgani haqida barcha ma’lumotlarni oladi. Oddiy fuqarolar uchun bu - qulaylik degani.
Xufiyona iqtisodga qarshi kurash
Yana bir misol – xufiyona iqtisodiyot. Turli baholarga ko‘ra O‘zbekiston umumiy iqtisodida xufiyoni iqtisodiyot miqdori 45 %gacha bo‘lishi mumkin.
Raqamli iqtisod bu muammoni ham hal qilishi mumkin. Bu yulda birinchi qadam allaqachon qo‘yildi – bu soliq reformasi. Bu amalga oshdi. Ikkinchisi – qo‘shilgan qiymat solig‘i uchun elektron schet fakturalar yuritish tartibini kiritish. Biz hozir shu ishni amalga oshirayapmiz.
Bu tizim ishga tushganidan keyin, har bir soliqchi soliq tizimi saytiga o‘zining shaxsiy kabinetiga kirib o‘z soliqlarin ko‘rsatib boradi. Biz shu asosda har bir tovarning ishlab chiqarilganidan boshlab to xaridorga yetib borgunicha kuzatib boramiz. Yo‘lda bu tovar yo‘q bo‘lib ketmasligi kerak.
Mehnat samaradorligini oshiradi
Lekin raqamli iqtisodning asosiy vazifasi - iqtisodiyotning samardorlgini oshirishdadir. Har bir davlatning vau uning rahbarining vazifasi – inson kapitalini qiymatini oshirish. Har bir odamni malakasi oshirilsa – uning mehnati kimmatrok turadi, u ko‘proq maosh oladi.
Mantiqiy ketma-ketlikning davomi
Bugungi kunda O‘zbekiston bozor iqtisodidyoti tizimini joriy qilish yo‘lidan bormoqd. Ma’lumki bozor iqtisodiyotini dunyoning 200ta davlati qabul qilgan. Lekin bozor iqtisodiyoti rivojlanishning zaruriy sharti, yetarli sharti emas. Aks holda ushbu davlatlarning barchasi boy-badavlat yashardi.
Ushbu nuqtai nazardan prezident e’lon qilgan propiska tizimini bekor qilish, paxta va g‘allaga bo‘lgan davlat buyurtmasini bekor qilish, korrupsiyaga qarshi kurash organi tuzilishi - bularning brachasi oxir oqibat iqtisodiyotga tegishli bo‘lgan bozor iqtisodining zaruriy shartlarini yaratish yo‘lida qilinayotgan choralardir.
Masalan propiskani bekor qilinishi – ishchi kuchi bemalol yaxshi ish bulgan joyga borib ishlay oladi. Ma’lumki, ish o‘rinlari odamlar orqasidan yurmaydi odamliar ish orqasidan yuradi.
Shu ma’noda raqamli iqtisodiyotga o‘tish – islohotlarda mantiqiy ketma-ketlikning munosib davomchisi va drayveridir.
Maqsad - iqtisodiy farovonlik
Har bir davlatning asosiy maqsadi iqtisodiy o‘sish va farovonlik – qolgan hamma narsalar shulardan kelib chiqadi.
Xar bir mamlakatning faravonligi uning YAIMi bilan belgilanadi. Chunki YAIMdan tashqarida hech narsa yo‘q, oddiy so‘z bilan aytshganda. Xalqning davlatning harakat maydoni – mana shu yalpi ichki mahsulot. YAIM katta bo‘lsa birovga yordam puli nafaqa berishingiz mumkin.
Prezident qo‘ygan vazifalardan yana biri – O‘zbekiston YAIMini 5 yilda 100 millard dollarga chiqarish vazifasidir.
Bugungi kunda O‘zbekiston YAIMi 58 milliard dollar bo‘lib, aholi jon boshiga 1725 dollardan to‘g‘ri keladi.
2024 yilda ushbu ko‘rsatgich 1000 milliard bo‘lsa, u aholi jon boshiga 2800 dollarni tashkil qiladi. Bunda aholi soni oshishi (36 mlrd) va dollar kursining oshishi (12 000 so‘m) ham hisobga olingan.
YAIM kupaymasa farovonlikni ta’minlashning iloji yuk. Bor narsani kupaytirmasdan turib uning taqsimotini o‘zgartirish bilan kambag‘alllikni yengib bulmaydi.
Raqamli iqtisod bozor iqtisodi bilan bir vaqtda O‘zbekiston yalpi ichki mahsulotini oshirishga xizmat qiladi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi