
O‘zbekistonda 3 aprel kunidan dizel yoqilg‘isi narxi 300 so‘mga arzonlashtirilgan holda sotuvga chiqariladi.
Bundan oldin, 1 martdan boshlab dizel narxi 200 so‘mga pasaygan edi.
«O‘zbekneftgaz» o‘z xabarida dizel yoqilg‘isining narxi xorijiy kompaniyalar sotayotgan dizel yoqilg‘isi narxidan 11,5% arzonligini ta’kidlagan.
Qo‘shimcha qilinishicha, narxlarni bosqichma-bosqich kamaytirib borish davom etadi.
Eslatib o‘tamiz, 1 apreldan benzin, dizel yoqilg‘isi, suyultirilgan va siqilgan gazga aksiz soliq stavkalari oshirilmaydigan bo‘ldi.
O‘tgan hafta «O‘zbekneftgaz» AI-92 markali benzin narxini 6200 so‘mdan 6000 so‘mga pasaytirgandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar