22:00 / 14.04.2020
5 879

So‘m qulashda davom etmoqda: banklarda dollar kursi 10 ming so‘mdan oshdi

So‘m qulashda davom etmoqda: banklarda dollar kursi 10 ming so‘mdan oshdi
14 aprel oqshomida O‘zbekistondagi bir qator banklarda AQSH dollari kursi 10 ming so‘mlik nuqtadan o‘tdi.
Kun davomida banklarda dollar oldi-sotdisi 9780-9850 so‘m koridorida amalga oshib, kechga yaqin xarid 10050 so‘m, sotuv 10150 so‘mgacha ko‘tarildi.

Hozirga qadar O‘zmilliybank, O‘zsanoatqurilishbank, Orient Finans Bank, Asaka bank, Aloqabank, Ipak yo‘li banki, Ipoteka bank, Ravnaq bank, Hamkorbank va Hi Tech bank dollar kursi 10 ming so‘mdan oshganini e’lon qildi.

Eslatib o‘tamiz, kecha Markaziy bank mamlakatga eksport tushumlari va xorijdan pul o‘tkazmalari hajmi keskin kamayganini ma’lum qilgan edi. Jumladan, mart oyida O‘zbekistonga kirib kelgan pul o‘tkazmalari fevral oyiga nisbatan 23 foizga pasaygan, aprelning dastlabki 8 ish kunida esa mart oyining mos davriga nisbatan 3 barobarga qisqargan.

Eksport tushumlari esa mart oyida oldingi oyga nisbatan 10 foizga kamaygan.
Qayd etish kerak, so‘m devalvatsiyasi aprel oyi boshidan jadallasha boshladi. Respublika valyuta birjasida dollar kursi 2 aprel kuni 9600 so‘m, 8 aprelda 9700 so‘mlik psixologik nuqtadan o‘tgan edi.

Ma’lumot uchun, 14 apreldan 1 AQSH dollarining so‘mga nisbatan rasmiy qiymati 9693,36 so‘m etib belgilangan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » So‘m qulashda davom etmoqda: banklarda dollar kursi 10 ming so‘mdan oshdi