3 731
XVJ jahon iqtisodiyoti katta yo‘qotishga uchrashini ma’lum qildi va O‘zbekiston bo‘yicha yangi prognozini ochiqladi
Foto: REUTERS / Yuri Gripas
Xalqaro valyuta jamg‘armasining (XVJ) 14 aprel kuni e’lon qilingan jahon iqtisodiyoti prognoziga ko‘ra, 2020 yilda global iqtisodiyotning pasayishi 3 foizni tashkil qiladi.
Bu global iqtisodiyot 0,08 foizga qisqargan 2009 yildan keyingi birinchi jahon retsessiyasi bo‘ladi.
XVJ prognoziga ko‘ra, 2020 yilda retsessiya 194 mamlakatdan 157tasida qayd etiladi. AQSH iqtisodiyoti 5,9 foizga, yevrohudud - 7,5 foizga pasayadi, Xitoyda esa o‘sish 1,2 foizgacha sekinlashadi. Venesuela (-15 foiz), Livan (-12 foiz), Gretsiya (-10 foiz), Xorvatiya va Chernogoriya (-9 foiz) 2020 yilda eng ko‘p pasayishi kutilayotgan iqtisodiyotlar qatoriga kiradi.
«Biz shafqatsiz reallikka duch keldik. Unda infeksiyaning eksponensial o‘sishi bir necha kun ichida 100 nafar kasallangan odam 10 000ga aylanishini anglatadi», - dedi XVJ bosh iqtisodchisi Gita Gopinat.
Uning ta’kidlashicha, hozirgi inqiroz avvalgilariga o‘xshamaydi. Iqtisodiy ishlab chiqarishdagi yo‘qotishlar, ehtimol, 2008-2009 yillarda global moliyaviy inqirozni keltirib chiqargan zarardan ancha ko‘proqdir. Urush yoki siyosiy inqirozda bo‘lgani kabi, pandemiya qachon tugashi noma’lum. Yalpi talabni rag‘batlantirish bu safar unchalik ahamiyatli emas, chunki inqiroz hukumatlarning turli sohalardagi ishlarni cheklash to‘g‘risidagi majburiy qaroridan kelib chiqadi.
«Bu yil dunyo iqtisodiyoti Buyuk tushkunlik [1929-1933 yillar] davridan beri eng chuqur retsessiyani boshdan kechirishi ehtimoldan xoli emas», - dedi Gopinat. Uning aniqlik kiritishicha, 2020 yilgi inqirozni «Buyuk o‘zini o‘zi izolyatsiya qilish» yoki «Buyuk karantin», deb atash mumkin.
Epidemiologik inqiroz natijasida jahon yalpi ichki mahsulotining umumiy yo‘qotishi 9 trillion dollargacha yetishi mumkin, deyiladi XVJ materiallarida.
Shuningdek, XVJ koronavirus bilan bog‘liq vaziyatning rivoji bo‘yicha muqobil hamda pessimistik ssenariylarni ishlab chiqdi. Masalan, pandemiya 2020 yilning ikkinchi yarmida ham to‘xtamasligi mumkin, bu holda global iqtisodiyot yanada pastlaydi - joriy yil 6 foizga. Agar pandemiya 2021 yilda davom etsa, global YAIM ketma-ket ikkinchi yil pasayishi mumkin - yana 2,2 foizga.
2021 yilda, XVJ boshlang‘ich ssenariysiga ko‘ra, dunyo iqtisodiyoti pandemiyadan tez tiklanib, 5,8 foizga o‘sadi. Bu dunyoda 1980 yildan beri rekord darajadagi iqtisodiy o‘sish bo‘ladi.
XVJ O‘zbekistonning iqtisodiy o‘sishlari bo‘yicha yangi prognozlarini ham e’lon qildi. Unga ko‘ra, 2020 yilda mamlakat yalpi ichki mahsuloti o‘sish sur’ati 1,8 foizni tashkil qiladi. Lekin 2021 yilda 7 foizga chiqadi. Inflyatsiya 12,6 foiz, kelgusi yilda 10,6 foiz bo‘lishi prognoz qilingan. Joriy to‘lov balansi esa -9,4 foizga tushib ketadi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi