Bosh vazir o‘rinbosari, iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri Jamshid Qo‘chqorov Kun.uz'ga intervyu berdi. Unda hukumatning iqtisodiy-moliyaviy bloki pandemiya ortidan paydo bo‘lgan inqirozni yengib o‘tish, uning oqibatlarini yumshatish haqida fikr va mulohazalar bildirildi.
“Inqiroz keldi. Balki, hayotimizda hali sezmayotgandirmiz. Biroq, ko‘rsatkichlar, raqamlardan ko‘rinib turibdi. Birinchi chorakda inflyatsiya past bo‘ldi. Mart oyidan boshlab ta’sir sezila boshlandi.
Masalan, yanvar oyida kuniga o‘rtacha 2865 tonna benzin sotilgan, fevral oyida 2976 tonnaga ko‘paydi, yaxshi kelayotgan edik. Mart oyida 2790 tonnaga tushgan. Aprelning 8 kunida 871 tonnaga tushib qoldi. Mamlakatda transport harakati to‘xtadi. Sanoat birinchi chorakda 4,8 foiz bo‘ldi. Bu ko‘rsatkichlar inqirozni yaxshi tushuntiradi.
Inqiroz paytlari avvalo ichki resurslar haqida gapirish kerak. Qachonki ichki resurs yaxshi bo‘lsa, sizga kredit ham berishadi. Muhtoj bo‘lsangiz, berishmaydi. Oxirgi uch yil ichida oltin-valyuta zaxiramiz mustahkamlandi.
Qayta moliyalash stavkasining pasaytirilishi esa inflyatsiya bilan bog‘liq. Inflyatsiya o‘tgan yilgidan pastroq kutilyapti. Bu inflyatsiyadan kelib chiqib qilindi. Iqtisodiyotni kreditlashda esa hozir yangi loyihalarning vaqti emas. Ertaga ular qanday ishlashi ham noma’lum. Banklarga asosan ishlab turgan loyihalarga aylanma mablag‘lar bilan kredit berish ko‘rsatmasi berildi”, - deydi Jamshid Qo‘chqorov. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi