Korzinka.uz supermarketlar tarmog‘i asoschisi va rahbari Zafar Hoshimov «MFactor» loyihasi mehmoni bo‘lib, inqirozlar va tadbirkorlik haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
«Munosabat» ko‘rsatuvi davomida tadbirkor karantin qachon tugashi haqidagi savolga javob berdi.
«Koronavirusni keyingi hafta yoki keyingi oyda uzil-kesil yutib chiqa olmaymiz. Bu qachon hal bo‘ladi? Vaksina chiqib, hammamiz olganimizdan keyin u qo‘rqinchli bo‘lmaydi. O‘tmishda odamlar juda ko‘p kasalliklarni shu yo‘sinda yo‘q qilib kelgan.
O‘ylaymanki, karantindan chiqish ichki sharoitda ham, tashqi sharoitda ham bosqichma-bosqich sodir bo‘ladi. Bu kasallikning tarqalish sharoitiga bog‘liq. Mening fikrimcha, 20 aprelda ochib yuborish noto‘g‘ri. Chunki hali ham kasallikdan zararlanishning yangi holatlari qayd etilyapti», dedi Hoshimov.
U inqiroz natijasida yangi sohalar paydo bo‘lishi haqida gapirdi.
«Iste’molchilarning xulq-atvori o‘zgaradi. Kelajakdagi yangi sohalar – farmatsevtika, uyda pazandachilik qilish, kitoblar sotish, media kontent berish. Tadbirkorlar shunga o‘xshash o‘zgarishlarni hushyorlik bilan kuzatishlari va unga moslashishlari kerak. Supermarketlarimizda bo‘layotgan bir necha o‘zgarishlarni aytaman. Hozir xaridorlar kichik hajmli emas, katta hajmli narsalarni olgisi keladi. Tadbirkorlar shu trendlarni ko‘rib, tez moslashishlari maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Onlayn ta’lim – kelajakning yaxshi mahsuloti bo‘ladi. Onlayn ta’lim mamlakat uchun juda zarur. Hozirda yuqori malakali o‘qituvchilar bo‘yicha katta yetishmovchilik bor. Har bir qishloq, tuman, maktabga barcha fanlar bo‘yicha kerakli malakadagi ustozlarni yetkazib berish uzoq va qiyin. Shu masalani onlayn ta’lim orqali ancha oson hal qilish mumkin», deydi tadbirkor.
Uning ta’kidicha, inqirozlar tadbirkorlarga yangi imkoniyatlarni taqdim etadi.
«Inqirozlar muvaffaqiyatli va u qadar oldinga chiqmagan tadbirkorlarning imkoniyatlarini tenglashtiradi. Hozir katta bizneslar katta bo‘laveradi, kichkinalari kichikligicha qoladi deydigan vaqtmas. Inqirozning tadbirkorlar uchun umid beradigan tomoni – ularning imkoniyati va darajasini tenglashtirib qo‘yishi mumkin. Chunki yangi sahifa ochilyapti. Yangi sahifada yangi qoidalar, uslublar. Biz shu vaqtgacha bilgan narsalar amal qilmay qolishi mumkin. Biznesga yangi kirgan odamlar biz ko‘rmagan narsalarni ko‘rib, yaxshiroq va omadliroq ishlash imkoniyati bor», dedi u. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi