Bu pandemiyaning iqtisodiy oqibatlaridan kelib chiqib Hukumat tomonidan ko‘rilgan chora-tadbirlar jumlasidandir (23.04.2020 yildagi 247-son VMQga qarang), deb xabar bermoqda «Norma».
2020 yil 1 maydan 31 dekabrgacha bo‘lgan davrda quyidagilar vaqtinchalik to‘xtatiladi:
a) tibbiyot buyumlarini ishlab chiqarish uchun xom ashyo eksporti:
- SMS noto‘qima materiali (TIF TN kodi 5603121000);
- «Spanbond» noto‘qima materiali (5603119000 va 5603919000);
- «Meltblaun» noto‘qima materiali (5603129000 va 5911400000);
b) import bo‘yicha sement mahsulotini olib kirish (2523210000 va 2523290000).
Qarorning qabul qilinishi ko‘pgina qurilish ob’ektlarida ishlar to‘xtatilganligi sababli sementga bo‘lgan talab keskin tushib ketganligi, shuningdek tibbiy buyumlarga bo‘lgan ichki ehtiyojni ta’minlash zarurati bilan bog‘liqdir. Tashqi va ichki bozordagi kon’yunkturadan, mamlakatimizda pandemiya tarqalishi jarayonidan kelib chiqqan holda, vakolatli organlar joriy etilayotgan cheklovlarni muddatidan oldin bekor qilish taklifini bildirishlari mumkin.
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasiga tegishli idoralar bilan birgalikda ichki bozorda sement mahsuloti va tibbiyot buyumlari ishlab chiqarish uchun xom ashyo narxining sun’iy ravishda oshirilishiga yo‘l qo‘ymaslik borasida qat’iy nazorat o‘rnatish topshirildi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida 23.04.2020 yilda e’lon qilingan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi