2 062
O‘zbekiston va Turkiya qator sohalarda hukumatlararo kelishuvlarni amalga oshirishni davom ettiradi
F.O‘ktay / Foto: Anadolu Agency
O‘zaro savdo hajmini oshirish bo‘yicha qo‘shma harakatlar kelishib olindi – ushbu yo‘nalishda Preferensial savdo to‘g‘risidagi bitimni ishlab chiqish bo‘yicha ishlar yanada faollashtiriladi.
Joriy yilning 23 aprel kuni O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzoqov telekonferensaloqa orqali Turkiya vitse-prezidenti F.O‘ktay bilan o‘zaro kelishuvlarning amalga oshirilishi, ikki tomonlama ko‘p qirrali hamkorlikni yanada rivojlantirish, shuningdek pandemiyaning ikki mamlakat iqtisodiyotiga ta’sirini bartaraf etish bo‘yicha qo‘shma tashabbuslar istiqbollari yuzasidan dolzarb masalalarni muhokama qildi.
Suhbat davomida tomonlar oliy darajadagi tashrif doirasida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishdagi ko‘rilayotgan choralarga to‘xtalib o‘tdilar. O‘zbekistonda qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirish bo‘yicha alohida hukumat qarori qabul qilingan hamda tashrif doirasida kelishilgan tadbirlar va loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha Turkiya hukumati tomonidan “Yo‘l xaritasi” tasdiqlangan.
Amalga oshirilishi boshlab yuborilgan investitsion tashabbuslarni ilgari surish bo‘yicha o‘zaro faol hamkorlik davom ettiriladi. Shu nuqtai nazardan, koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq vaziyat barqarorlashishi bilan kelishilgan loyihalarni amalga oshirish maqsadida turk kompaniyalari rahbarlari va soha mutaxassislarining O‘zbekistonga tashriflarini tashkil etish imkoniyatlari muhokama qilindi.
O‘zaro savdo hajmini oshirish bo‘yicha qo‘shma harakatlar kelishib olindi – ushbu yo‘nalishda Preferensial savdo to‘g‘risidagi bitimni ishlab chiqish bo‘yicha ishlar yanada faollashtiriladi. Ikki tomonlama muzokaralar onlayn-sessiyalar shaklida o‘tkaziladi, epidemiologik vaziyat barqarorlashgandan so‘ng masalalarni batafsil muhokama qilish hamda yaqin orada O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi yillik tovar ayirboshlash hajmini 5 milliard dollarga yetkazish maqsadida idoralararo o‘zaro hamkorlik aniq mexanizmlarini ishlab chiqish uchun ikki mamlakat tashqi savdo idoralari rahbarlari darajasida ishchi tashriflar tashkil etiladi.
Muzokara davomida transport sohasidagi hamkorlik masalalari ham muhokama qilindi, turk tomoni o‘z hududi orqali o‘zbek mahsulotlarining uzluksiz va to‘siqsiz tranziti uchun eng qulay sharoitlarni yaratish imkoniyatlarini ko‘rib chiqishini bildirdi. Shu maqsadda Turkiya chegarasida o‘zbek tovarlarining to‘planishi va kechikishining oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish uchun ikki davlat transport vazirlari darajasida muntazam maslahatlashuvlar mexanizmi ishlab chiqiladi.
Bundan tashqari, O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lishi doirasidagi hamkorlik yo‘nalishlari muhokama qilindi. Turk tomoni ushbu tashabbusni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashiga ishonch bildirdi va bu borada zarur texnik va maslahat yordami ko‘rsatishga tayyorligini bildirdi. Yaqin orada ikki davlat soha mutaxassislarining o‘zaro hamkorligi onlayn tizimda boshlanadi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi