2 378
O‘zbekiston va Rossiya iqtisodiy hamkorlikni takomillashtirish masalasini ko‘rib chiqdi
Savdo sohasidagi aniq takliflar, xususan, ikki mamlakat bozorlarida talab katta bo‘lgan mahsulotlarni o‘zaro yetkazib berish ko‘lami va hajmini kengaytirish choralari ko‘rib chiqildi.
Joriy yilning 24 aprel kuni O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzoqov telekonfrensaloqa orqali Rossiya hukumati rahbari o‘rinbosari A.Overchuk bilan O‘zbekiston-Rossiya o‘rtasidagi savdo, investitsiya, sanoat kooperatsiyasi va logistika sohalaridagi hamkorlikning bugungi holati va istiqbollarini muhokama qildi.
Vazirlik xabariga ko‘ra, tomonlar ikki mamlakat o‘rtasidagi so‘ngi uch yil davomida ko‘rsatkichlari keskin o‘sib borayotgan strategik hamkorlikning hozirgi holatini yuqori baholadilar. Shu bilan birga, investitsiya va savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada kengaytirish uchun foydalanilmagan ulkan imkoniyatlar mavjudligi, shuningdek ushbu imkoniyatlarni amalga oshirish bo‘yicha aniq takliflarni birgalikda ishlab chiqish zarurligi ta’kidlab o‘tildi.
Ta’kidlanganidek, neft-kimyo, tog‘-konchilik, energetika, qurilish materiallari va meva-sabzavotni qayta ishlash sohalaridagi yirik qo‘shma loyihalar amalga oshirilish jarayonida turibdi.
Yangi qat’iy kelishuvlar ro‘yxatini shakllantirish maqsadida investitsiya va sanoat kooperatsiyasi sohalaridagi hamkorlikni yangi yo‘nalishlarini kengaytirish zarurligi ta’kidlandi – qo‘shma savdo va logistika kompaniyalari va meva-sabzavotlarni ulgurji-tarqatish markazlarini tashkil qilish, qishloq xo‘jaligi klasterlari va boshqa loyihalarni amalga oshirish istiqbollari alohida ko‘rib chiqildi.
Bundan tashqari, savdo sheriklik sohasidagi aniq takliflar, xususan, ikki mamlakat bozorlarida talab katta bo‘lgan mahsulotlarni o‘zaro yetkazib berish ko‘lami va hajmini kengaytirish choralari ko‘rib chiqildi.
Tomonlar, shuningdek, joriy yilda o‘tkazilishi rejalashtirilgan qo‘shma kongress-ko‘rgazma tadbirlarini – Mintaqalararo biznes-forum, Ta’lim va Media forumlariga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha ikki mamlakatning tegishli tashkilotlari sa’y-harakatlarini birlashtirishga kelishib oldilar. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi