17:50 / 27.04.2020
3 096

Amerikalik investor: “Katta maydonlarni tomchilatib sug‘orish o‘zini oqlamaydi. Shu sababli...“

Amerikalik investor: “Katta maydonlarni tomchilatib sug‘orish o‘zini oqlamaydi. Shu sababli...“
XPKning “Masofada“ deb nomlangan ko‘rsatuvida amerikalik investor Jizzax viloyatining qaysi sohasiga investitsiya kiritgani haqida ham ma’lumot berildi.
Bu haqda AQSHlik sarmoyador, “Silver Leafe” kompaniyasi rahbari Deniel Petterssonning o‘zi shunday dedi:

O‘zbekistonlik fermerlarning paxta yetishtirish borasidagi bilimlarini uyg‘unlashtirgan holda, bizning texnikalarimizdan foydalanib paxta yetishtirmoqchimiz. Yaqinda davlatga paxta topshirish majburiyati dehqonlardan olib tashlandi. Bu dehqonlarga katta imkoniyat beradi va paxta sifatini oshiradi.

Suv O‘zbekiston sharoitida eng qimmatli resursdir. Tomchilatib sug‘orish kichik maydonlarda qo‘llash uchun juda qulay va suvni tejaydi.
Biroq katta maydonlarni tomchilatib sug‘orish o‘zini oqlamaydi.

Shu sababli biz yer ostidagi quvurlardan foydalanmoqchimiz.
Biz O‘zbekistondagi biznesimizga 20 million dollar miqdoridagi mablag‘ni kiritganmiz
.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Amerikalik investor: “Katta maydonlarni tomchilatib sug‘orish o‘zini oqlamaydi. Shu sababli...“