18:46 / 05.05.2020
4 424

O‘zbekiston banklarida dollar kursi tushishda davom etmoqda

O‘zbekiston banklarida dollar kursi tushishda davom etmoqda
O‘zbekistonda bir nechta banklar 2020 yil 5 may, seshanba, tongi holatiga AQSH dollarining so‘mga nisbatan qiymatini tushirgan. Bu haqda Spot xabar berdi.
Ayrim banklar dollarning narxini sotish va sotib olish uchun mos ravishda 10 100—10 150 so‘m qilib belgilagan. O‘tgan haftada ushbu ikki ko‘rsatkich o‘rtacha 10 180 so‘mni tashkil qilgandi.

AQSH dollarining banklarda arzonlashayotganining sababi O‘zbekiston Markaziy banki dollar kursini mart oyidan beri ikkinchi hafta ketma-ket tushirganligi bilan bog‘liq, deb yozgan Spot. Markaziy bank 5 maydan xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgilagan, unga ko‘ra dollarning rasmiy kursi 0,61 so‘mga tushib, 10 129,39 so‘mni tashkil qilgan.

Markaziy bank kursni birinchi navbatda O‘zbekiston valyuta birjasidagi savdolar holatidan kelib chiqib belgilaydi. Dollar birjada 10 134 so‘mga baholangan.

Avval Markaziy bank so‘mning aprel oyidagi «qulashi»ga bozor sharoitlaridagi o‘zgarishlar sabab bo‘lgani va yaqin vaqt ichida milliy valyutaning keskin «qulashi»ga olib keladigan omillar yo‘qligini bildirgan.

«Qisqa muddatli istiqbolda fundamental omillar tomonidan so‘mning nominal almashuv kursiga devalvatsion bosimning yuzaga kelishi kutilmayapti», — deya xulosa qilgan Markaziy bank.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » O‘zbekiston banklarida dollar kursi tushishda davom etmoqda