Foto: Oliy Majlis Qonunchilik palatasi axborot xizmati
Qonun loyihasining qabul qilinishi mamlakatda kripto-aktivlar aylanmasi sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslar zimmasiga nisbatan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining talablarini bajarish majburiyatini yuklaydi.
Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida deputatlar kriptovalyuta bilan bog‘liq qo‘shimcha kiritishni nazarda tutgan qonun loyihasini ko‘rib chiqdilar.
Parlament saytida xabar qilinishicha, “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 12-moddasiga qo‘shimcha kiritish haqida”gi qonun loyihasi parlament quyi palatasiga bosh prokuror tomonidan qonun tashabbusi huquqi asosida kiritilgan.
Qayd etilganidek, “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq, pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlar uchun ichki nazorat qoidalari tegishli nazorat qiluvchi, litsenziyalovchi va ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organlar tomonidan maxsus vakolatli davlat organi bilan birgalikda, bunday organlar bo‘lmagan holda esa, maxsus vakolatli davlat organi tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi. O‘z navbatida, kripto-aktivlar aylanmasi sohasida faoliyatni olib borayotgan shaxslar ushbu qonun bilan belgilangan pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlar ro‘yxatiga kiritilmagan.
Loyiha asosida “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonunga pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlar qatoriga kripto-aktiv aylanmasi sohasida faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslarni ham kiritishga oid normani joriy etish nazarda tutilmoqda.
Deputatlarning fikricha, qonun loyihasining qabul qilinishi mamlakatda kripto-aktivlar aylanmasi sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslar zimmasiga nisbatan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining talablarini bajarish majburiyatini yuklaydi. Shuningdek, kripto-aktivlar aylanmasi sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslar uchun ichki nazorat qoidalarini qabul qilish va tasdiqlashga huquqiy asos yaratadi.
Savol javoblardan so‘ng loyiha ovozga qo‘yildi va qabul qilindi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi