12:55 / 11.06.2020
2 038

O‘zbekiston YEI moliyaviy yordamini pandemiya oqibatlarini yumshatishga yo‘naltiradi

O‘zbekiston YEI moliyaviy yordamini pandemiya oqibatlarini yumshatishga yo‘naltiradi
Bu maqsadga Yevropa ittifoqining 2021-2027 yillar uchun navbatdagi budjet davri doirasida moliyalashtirishning sezilarli qismini yo‘naltirish rejalashtirilgan.

Joriy yilning 10 iyun kuni O‘zbekiston bosh vazirining o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov va Yevropa ittifoqining savdo bo‘yicha komissari Fil Xogan o‘rtasida videokonferensiya bo‘lib o‘tdi.

Vazirlik xabariga ko‘ra, uning davomida koronavirus tarqalishiga qarshi kurashda O‘zbekiston va Yevropa ittifoqi o‘rtasidagi o‘zaro harakatlarning ustuvorliklari, shuningdek, hamkorlikning qator dolzarb yo‘nalishlari muhokama qilindi.

Respublika hukumati nomidan Yevropa tomoniga pandemiyaning O‘zbekiston ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga ta’sirini kamaytirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadida 36 mln. yevro miqdorida moliyaviy yordam ko‘rsatilgani uchun minnatdorchilik bildirildi.

Koronavirusning O‘zbekiston iqtisodiyotiga salbiy ta’sirini yumshatish va kambag‘allikni qisqartirish kabi kelgusidagi hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari aniqlandi. Bu maqsadlarga Yevropa ittifoqining 2021-2027 yillar uchun navbatdagi budjet davri doirasida moliyalashtirishning sezilarli qismini yo‘naltirish rejalashtirilgan.

O‘zbekiston va Yevropa ittifoqi o‘rtasida kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi Bitim loyihasi bo‘yicha kelishishni tezlashtirish borasidagi ishlarni faollashtirish yuzasidan kelishuvga erishildi, buning uchun yaqin vaqtlarda muzokaralarning navbatdagi 6-raundini onlayn tarzda o‘tkazish istiqbollari muhokama qilindi.

Respublikaning JSTga a’zo bo‘lishi bo‘yicha Ishchi guruhining 4-yig‘ilishiga tayyorgarlik ko‘rish doirasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarga, shuningdek, YEI imtiyoz tizimi benefitsiar mamlakat maqomini olishi jarayoniga alohida e’tibor qaratildi.

Muzokaralar davomida moliyaviy-texnik hamkorlik sohasidagi ijobiy sur’atlar qayd etildi. Yevropa tomoniga umumiy qiymati 40 mln. yevroni tashkil etuvchi “Qishloq xo‘jaligi sohasini budjetdan qo‘llab-quvvatlash va O‘zbekistonga qo‘shimcha yordam” loyihasi doirasida 10 mln. yevro miqdoridagi birinchi transh uchun alohida minnatdorchilik bildirildi.

Bundan tashqari, joriy yilda rejalashtirilgan bir qator ikki tomonlama tadbirlarni videokonferensaloqa orqali o‘tkazish bilan bog‘liq tashkiliy masalalar ko‘rib chiqildi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » O‘zbekiston YEI moliyaviy yordamini pandemiya oqibatlarini yumshatishga yo‘naltiradi