07:00 / 09.07.2020
2 474

Adham Ikromov: «Yil oxiriga qadar faoliyat yuritmayotgan korxonalarning 70 foizi faoliyatini tiklash topshirig‘i berildi»

Adham Ikromov: «Yil oxiriga qadar faoliyat yuritmayotgan korxonalarning 70 foizi faoliyatini tiklash topshirig‘i berildi»
2019 yilda ro‘yxatdan o‘tgan 23 mingta tadbirkorlik sub’ektining ish faoliyati to‘xtab qolgan yoki boshlanmagan. Prezident topshirig‘i bilan biz soliq idoralari bilan birgalikda har bir hudud, har bir sektor bo‘yicha ularga qanday imtiyozlar, qanday yordamlar kerakligini, qanday muammolari borligini aniqlaymiz, dedi O‘zbekiston savdo-sanoat palatasi raisi Adham Ikromov Kun.uz muxbiri bilan suhbatda.

Ikromovning so‘zlariga ko‘ra, 2020 yil oxiriga qadar bu korxonalarning 70 foizi faoliyatini tiklash topshirig‘i berilgan.

Yarim yildan buyon pandemiya davom etayotganiga qaramasdan, respublikamizda kichik va o‘rta biznesda yangi 46600ta korxona tashkil etildi. Iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi bilan hamkorlikda bu korxonalarga biznes yuritishni o‘rgatish, kreditlar ajratish orqali yordam berish topshirig‘i berildi.

Bundan tashqari, sektorda ishlaydigan hokim, prokuror, ichki ishlar va soliq idoralari xodimlari tadbirkorlarning muammolarini hal etishda Farg‘ona viloyati biznes ombudsmani, Ohangaron tumani savdo-sanoat palatasi tajribasini respublikada keng tatbiq etish masalasi qo‘yildi
”, dedi Adham Ikromov.

Eslatib o‘tamiz, 8 iyul kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida hududlarda tadbirkorlikni rivojlantirish hamda budjet tushumlarini so‘zsiz ta’minlash chora-tadbirlari muhokama qilindi.

Yig‘ilishda xususan, tadbirkorga ko‘proq sharoit yaratib berish, jumladan, elektr, gaz, suv ta’minoti, yo‘l, kredit bilan bog‘liq masalalarni yechib berish lozimligi ko‘rsatib o‘tildi.

Faoliyat boshlayotgan kichik biznesni qo‘llab-quvvatlashning mutlaqo yangi tizimini ishlab chiqish topshirig‘i berildi. Bunda tadbirkorni maxsus kurslarda o‘qitish, sub’ektni ro‘yxatdan o‘tkazish, asbob-uskuna sotib olish xarajatlarining bir qismiga grant ajratish nazarda tutiladi. Ushbu tizimning vertikal ijrosini ta’minlash uchun hozirda faqat respublika darajasida faoliyat yuritayotgan Tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi ishini tumangacha tushirish lozimligi qayd etildi.

Manba: Kun.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Adham Ikromov: «Yil oxiriga qadar faoliyat yuritmayotgan korxonalarning 70 foizi faoliyatini tiklash topshirig‘i berildi»