13:26 / 19.07.2020
2 513

Latviya O‘zbekistondan qovun importi hajmini oshiradi

Latviya O‘zbekistondan qovun importi hajmini oshiradi
Rigadagi O‘zbekiston elchixonasi ko‘magi bilan Latviyaning «ELBI» kompaniyasi Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumanidagi fermerlar yetishtirgan qovunlarni Latviya bozoriga yetkazib berishni boshladi. Bu haqda «Dunyo» AA xabar berdi.

Latviyaning «ELBI» kompaniyasi 1992 yilda tashkil etilgan bo‘lib, meva va sabzavotlarni Yevropa bozoriga import qiluvchilar qatorida yetakchilardan biri hisoblanadi. Xususan, kompaniya mahsulotlarni Riga va Latviyaning boshqa mintaqalari, shuningdek, Estoniya va Litva davlatlaridagi do‘konlar, supermarketlarga yetkazib beradi. Ilg‘or texnologiyalardan foydalangan holda Yevropa ishlab chiqaruvchilari, shuningdek, Argentina, Janubiy Afrika, Chili, Misr va boshqa mamlakatlar mahsulotlarini ham import qiladi.

Bu gal Sirdaryo qovunlari O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini Yevropa bozoriga ishonchli yetkazib beruvchi “Red Pack” kompaniyasi tomonidan eksport qilindi.

Elchixonaning importyor kompaniya ma’lumotiga asoslanib xabar berishicha, qovunlar “Maxima” va “RIMI” singari Boltiqbo‘yining yirik chakana savdo do‘konlarida, shuningdek, Riga markaziy bozorida sotiladi.

Boltiqbo‘yi mamlakatlari importchilari O‘zbekistondan keng turdagi mahsulot turlarini uzluksiz yetkazib berilishi va koronavirus infeksiyasining tarqalishi bilan bog‘liq vaziyatga qaramasdan O‘zbekiston ishlab chiqaruvchilarining yangi bozorlarni kashf qilishga bo‘lgan intilishini yuqori baholashmoqda.

«ELBI» boshqaruvi raisi Sergey Kulikov ta’kidlaganidek, uning kompaniyasi haftasiga qovun importini 200-300 tonnagacha oshirish niyatida.

O‘zbekistonning Rigadagi diplomatik vakolatxonasi savdo-iqtisodiy aloqalar sezilarli darajada o‘sganini, O‘zbekiston bilan Latviya o‘rtasidagi ishbilarmonlik aloqalari jadal o‘sayotganini, aloqalarni yanada institutsional tarzda tashkil qilish faol rivojlanayotganini qayd etdi. Xususan, yaqin kelajakda O‘zbekiston tomonidan Savdo-sanoat palatasi va Latviya tomonidan Ish beruvchilar konfederatsiyasi ishtirokida O‘zbekiston-Latviya ishbilarmon doiralar hamkorlik kengashini ishga tushirish rejalashtirilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Latviya O‘zbekistondan qovun importi hajmini oshiradi