22:00 / 24.08.2020
3 602

Kattaqo‘rg‘on tumanida kivi yetishtirilmoqda, bir tupidan yiliga 200 kilogacha hosil olinmoqda

Kattaqo‘rg‘on tumanida kivi yetishtirilmoqda, bir tupidan yiliga 200 kilogacha hosil olinmoqda
Kattaqo‘rg‘on tumanidagi Chig‘atoy qishlog‘ida yashovchi Tohir Yorqulovning 10 sotixli tomorqasida bir qarich bo‘sh yer topolmaysiz. Bu tomorqani Tohir aka rahbarlik qilayotgan “Chig‘atoy fayzli bog‘lari” fermer xo‘jaligining tajriba uchastkasi, desak xato bo‘lmaydi. Sababi, shu kichikkina hovlida o‘nlab turdagi meva-sabzavotlar yetishtirilmoqda, ko‘chatlar parvarishlanayapti.

Ahamiyatlisi, bu yerda 12 tup kivi daraxti mevaga kirgan. Har bir tupdan 200 kilogacha hosil olish mumkin.

— Kivi daraxtini ko‘paytirish maqsadida 500 tup ko‘chat parvarishlayapmiz, —​ deydi T.Yorqulov. —​ Buning o‘ziga yarasha qiyinchiliklari bor. Mehr bilan parvarishlansa, albatta, yaxshi samara beradi. Kivi sitrus meva bo‘lganligi uchun o‘zimizning iqlimga moslashishi oson emas, ammo qalovini topsang qor ham yonadi, deganlaridek, uddalasa bo‘lar ekan. Parvarishlanayotgan ko‘chatlarni payvand qilib, fermer xo‘jaligimiz yeriga ko‘chirib o‘tqazamiz.

Abdulaziz Yo‘ldoshev

Manba: Xs.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Kattaqo‘rg‘on tumanida kivi yetishtirilmoqda, bir tupidan yiliga 200 kilogacha hosil olinmoqda